CHEMISTRY AND CHEMICAL ENGINEERING

KIMYO VA KIMYO TEXNOLOGIYASI

NOORGANIK MODDALAR VA MATERIALLAR TEXNOLOGIYASI

 

Ergashev D.A., Guchchiyev M.K., Askarova M.K., Tuxtayev S.

Ca(ClO3)2-Mg(ClO3)2-H2O sistema komponentlarining eruvchanligi

Vizual-politermik usulda Ca(ClO3)2-Mg(ClO3)2-H2O sistemasi komponenlarining eruvchanligi keng harorat va konsentrasiya oraligida o‘rganildi. Fazalar diagrammasida muzning, olti-, to‘rt va ikki suvli kalsiy hlorati, o‘nolri-, o‘nikki-, olti va to‘rt suvli magniy hloratining kristallanish maydonlari shegaralandi.

 

Razzokov J.I., Gofurov Sh.P., Ismailova O.B., Mamatkulov Sh.I., Koxxarov A.M. Uksus kislotasining suvdagi eritmalari strukturasini dielektrik va optic spektroskopiya metodlari yordamida tadqiq etish

Molekulyar dinamika metodi yordamida uksus kislotasining suvdagi aralashmalarining dielektrik xususiyatlari komponentlarning keng diapazondagi konsentratsiyalarida (~0÷1.0 mol ulushi) nazariy o’rganildi. Aralashmalarning qo’shimcha dielektrik singdiruvchanligi qiymatlarining konsentratsiyaga bog’liqligi nazariy chiziqlari ushbu aralashmalar qo’shimcha optik sindirish ko’rsatkichlari qiymatlarining konsentratsiyaga bog’liqligi tajribada olingan chiziqlari bilan solishtirildi. Ilk bor «uksus kislota – suv» aralashmalarida barqaror geteromolekulyar komplekslar uksus kislotasining konsentratsiyasi 0.25÷0.35 mol ulushlari oralig’ida bo’lganda hosil bo’lishi ko’rsatildi. Uksus kislotasi suvli aralashmasining qo’shimcha dielektrik singdiruvchanlik va qo’shimcha optik sindirish ko’rsatkichlari ekstremal qiymatlari ham uksus kislotasining yuqoridagi konsentratsiya oralig’iga mos kelishi tasdiqlandi.

 

Karimov M.U., Jalilov A.T., Eshkurbanov F.B.

Superplstifikator Dj – 1 bilan qurilish qorishmalarining fizikmexanik xossalarini o‘rganish

Sintez qilingan superplastifikator qo‘shish bilan olingan sement, gips va yuqori alyuminatli sement asosidagi qurilish qorishmalarining fizik-mexanik xossalarini sinash natijalari ko‘rsatilgan. Olingan superplastifikator quruq qurilish materiallari uchun yaxshi despergirlik xossasiga ega va qurulish kompozitsiyalarini reologik, fizik-mexanik xossalarini yaxshilaydi.

 

ORGANIK MODDALAR TEXNOLOGIYASI VA KIMYO

 

Maxsumov A.G., Xamrayev K.Sh., Tillayev A.T., Shomurotova Sh.X., Amanov R.A.

1-[(2,4,6 trichlorofenil)-azo-4‘-(n-dietilamino-butin-2‘-carbamat) xosilasini olish va uning kimyoviy xossalari

Anti 1-[(2,4,6-trixlorfenil)-azo-4'(N-dietilamino-butin-2')-fenilkarbamat] ning hosilalarini olinish usuli ishlab chiqilgan va kimyoviy hossalari : N – alkillash, nitrozozirlash va xlorlash reaksiyalari o’rganilgan.

 

Urinov U.K., Maksumova O.S., Ergasheva D.A.

Morfolin va epixlorgidrin asosidagi oligomerni mis(ii) nitrat bilan o‘zaro ta’sirini tadqiq qilish

Morfolin va epixlorgidrin asosida olingan oligomer bilan mis nitratni suvli eritmalarda kompleks hosil qilish reaksiyasini spektral o‘rganish natijalari tavsiya etilgan. O‘rganilgan sistemalarda kompleks hosil bo‘lishi, elektron spektrlarni yutilishi sohasida o‘zgarish orqali aniqlangan.

 

Hoshimov F.F., Karimov R.Q. Rutinning suyuq fazali usulda polimer kompleksini olish

Rutinning polivinilpirrolidon bilan xosil qilgan polimer kompleksini suyuq fazali usulda olish jarayoni o’rganilgan va rutipol sintezining qulay sharoitlari ishlab chiqilgan. Substansiya olish jarayoniga ta’sir etuvchi asosiy faktorlar aniqlangan.

 

POLIMER VA KOMPOZIT MATERIALLAR TEXNOLOGIYASI

 

Abdullaev F.T., Mirzayev U.M., Jamolova L.J., Shukurullayeva M.R.

Politrixlorfenilakrilatning va Nvinilpirrolidon bilan 2,4,5-trixlotfenilakrilat sopolimerining konfarmatsion xossalari

Ðolitrixlorfenilakrilatning, N-vinilpirrolidon bilan trixlorfenilakrilatning va trixlorfenilmetakrilatning sopolimerlarini gidrodinamik va konformatsion xossalari o‘rganilgan. Hamda sedimentatsiya, diffuziometriya va viskozimetriya usullari yordamida Mark-Kun-Xauviknning tenglamasidagi kattaliklar aniqlangan.

 

Inog'omov S.Y., Axmadjonov Z.I., Karimov A.K., Muxamedov G'.I.

Natriykarboksimetilsillyuloza asosida olingan interpolimer komplekslarini termodinamik xossalari

Natriykarboksimetilsellyuloza va mochevinaformaldegid oligomerlari asosida olingan interpolimer komplekslari va ularni tashkil qiluvchi komponentlarning sorbsion xossalari o’rganilgan. Natriykarboksimetilsellyuloza va mochevinaformaldegid oligomerlari o’rtasidagi kompleks hosil bo’lishi natijasida uning termodinamik xossalari manfiy tomonga o’zgarishi kuzatildi. Bu esa komponentlar o’rtasida vodorod va ion bog’lari hosil bo’lishida muhim termodinamik mosligini ko’rsatadi.

 

Abduraxmanov E., Tillaev S.U., Ziyadullaev A.E., Abduraxmanov G'.

Termik analiz usulida antipiren bilan ishlangan matolarning yonish jarayonlari mexanizmini tadqiq qilish

Sof tsellyuloza •amda uning turli sintetik tolalar bilan aralashmasidan iborat materiallarning yonuvchanligini kamaytirish uchun tarkibida azot- va fosfor sa•lagan antipiren birikmalarning yonish jarayonlariga ta'sir mexanizmini o'rganish natijalari keltirilgan.

 

Berdiyeva M.I ., Tursunov T.T., Bekmurodova M.G'., Rahmatova N.Sh., Nazirova R.A.

Policondensatsion turdagi fosfatli kationning tuzilishini o'rganish

Sho’rtan gaz kimyo majmuasining fosforlash yo’li bilan olingan polikondensatsiyasi mahsuloti kub chiqindila ri va furfurol asosida yangi fosforli kationit olindi. Alkalometrik titrlash, shuningdek potensiometrik titrlash va IQ-spektroskopik usulda elementar tahlilni qo‘llab, ularning tuzilishi hamda ionitning ionogen guruhi mavjudligi va dissotsilanish darajasi aniqlandi.

 

Gaibnazarov S.B. Burg’ilash eritmalarida qo’llaniladigan polimerlarning qovushqoqligini o’rganish

GIPANning lignofosfat va turli to’rtlamchi tuzlar bilan sopolimerlanish jarayonida hosil bo’lgan sopolimerlarning fizik-kimyoviy hossalari o’rganilgan. Olingan sopolimerlarning qovushqoqligini o’rganishda ular polielektrolit hossasiga ega ekanligi aniqlangan.

 

Daminova Sh.Sh., Kadirova Z.Ch., Õujamberdiev M., Sharipov Õ.T.

Stirol-divinilbenzol matritsali va P,S-polifunksional ligand asosidagi nanostrukturali qattiq ekstragentlar

Kvant kimyoviy usulda dialkilditiofosfor (etil, izopropil, izobutil) kislotalar o’lchami stiroldivinilbenzol asosli ekstragentning g’ovakligi xususiyatlari bilan taqqoslangan. Sterik omillar sezilarli darajada ta’sir ko’rsatishi va diizopropilditiofosfat asosidagi qattiq ekstragentnlar eng yaxshi sorbsion xususiyatga egaligi aniqlandi.

 

Ahrarov B.B., Muhamedgaliev B.A., Sayfutdinov R.S.

Yog’och uchun yangi polimer antipirenlarini ishlab chiqish

Polimer antipirenlarini hosil bo’lish jarayonining kinetic, fizik-kimyoviy konuniyatlari, shunigdek xosil bo’lgan mahsulotning termik xususiyatlari aniqlangan. Olib borilgan izlanishlar natijasida polimerlarning fizik-kimyoviy xossalarning ularning yonuvchanligi va koks hosil qilish xususiyatlariga bog’liqligi aniqlangan.

 

KIMYO-METALLURGIK JARAYONLAR

 

Ziyadullaev A.Sh., Kobilova G., Ruzmatov I., Pozilov M.N., Ziyadullaev A.A.

Rangli va nodir metallar qotishmalarini xlorid kislotasi eritmalarida anodli qayta ishlash

Anodli erish tezligining va parsial tok zichligining (Dà) qotishmalar tarkibidagi oltin (Au), kumush (Àg) va mis (Cu) miqdoriga bog‘liqligi o‘rganilgan. Yuqori tok zichligida Dà qotishmalar komponentlarining bir tekisda anodli erishi hamda ularda tok zichligining Dà pastki qiymatlarida elektromanfiy (Àg, Cu) komponentlarning anodli tanlab erishi kuzatildi, ya’ni qotishmadagi Cu miqdorining oshishi bilan qotishmaning anodli erish tezligi ham oshib, toza misning anodli erishiga yaqinlashishi ma’lum bo‘ldi.

 

Ovsepyan A.O.

Kalsiy molibdat kukunini granulalash texnologiyasini ishlab chiqish va uni po’lat legirlashda ishlatish

Kaltsiy molibdatidan molibden olishda legirlangan po’latni mayda kristall kukunini granulalash orqali erishish mumkinligi aniqlandi, bunda bentonit tuprog’i ishlatildi.

 

JARAYONLAR, APPARATLAR, MODELLASHTIRISH

 

Muhamedbaev A.A., Kamilov H.H., Hasanova M.K, Tulaganov A.A.

lektrotermofosforli shlak va uning aralashmalarini maydalanish jarayonining o’ziga xos jihatlari

Elektrotermofosforli (ETF) shlakning sharli tegirmondagi maydalanish jarayonining o’ziga xos jihatlari tadqiq etilgan. ETF shlakining maydalanish jarayoniga mineral qo’shimchalar va sirt-faol moddalarning ta’siri o’rganilgan.

 

Bazarov B.I., Kalauov S.A., Sidikov F.Sh., Usmanov I.I.

Dimetil efirini motor yoqilg’isi sifatida ishlatish hususiyatlari

Dizel yonilg’ining konstruktiv o’zgarishlarini minimallashtiruvchi va xarajatlarni kamaytiruvchi yopishqoqlik va issiqlik o’tkazuvchanlik xususiyatlariga o’hshash ko’rsatkichli dimetil efirini olishni yangi texnologiyasini ishlab chiqish maqsadga muvofiqligi aniqlandi.

 

OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI VA BIOTEXNOLOGIYA

 

Fathullayev A., Turabjanov S.M., Rahimjanov M.A., Fathullayev A.A.

Tarkibida soya oqsili kontsentrati mavjud bo'lgan, issiqlik bilan ishlov berilgan go'shtli tuzilmalarning sifati

Go’shtli mahsulotlar tarkibida soya oqsili kontsentrati qo’llanishi orqali, ularni tayorlash jarayonida funktsional-tehnologik holatini yaxshilashga va tarkibiy-mexanik xususiyatlarining oshishiga erishiladi.

 

Xalilov R.M., Mamatxanov A.U., Kotenko L.D., Sagdullaev Sh.Sh.

Ammothamnus lehmannii ildizlaridan flavonoidlar yig’indisini ekstraksiya jarayoni

Ammothamnus lehmannii – àñhñhiqbutà ildizidàn flàvînîidlàrni åkstràksiya jàràyoni î’rgànildi và màhsulîtni yuqîri unum bilàn àjràtib îlish imkînini båruvñhi ekstragent tànlàb îlindi. Ishlàb ñhiqàrish sàmàràdîrligini îshirish màqsàdidà, flàvînîidlàrning åkstràksiya kinåtikàsi î’rgànildi. Åkstràksiya jàràyonini jàdàllàshtirish uñhun åkstràksiya usullàri î’rgànildi và bàtàråyali usul tàklif etildi.

 

Norqulova K.T., Safarov J.E. Na’matak mevasini quritish texnika va texnologiyasi

Vakuumda infraqizil nur yordamida na’matak mevasini quritish qurilmasi ko’rilgan, quritish qurilmasi qurish jarayoni davomiyligini qisqartiradi va na’matak mevasi tarkibidagi kimyoviy moddalarni maksimal saqlab qolishi ko’rilgan.