CHEMISTRY AND CHEMICAL ENGINEERING

KIMYO VA KIMYO TEXNOLOGIYASI

NOORGANIK MODDALAR VA MATERIALLAR TEXNOLOGIYASI

 

Mkrtchyan R.V., Aripova M.X., Dosmuxamedov T.V. Shisha sanoat chiqindilarni asosida ko'pik shisha olish

Ko'pik shishaning zichlik va suv yutuvchanlik xossalariga turli gaz xocil qiluvchilar, neytralization, oksidlovchi-qaytaruvchi va stabilizatorlarni ko'pchish shart-sharoitlar ta'sirini o'rganish

 

Sanakulov K.S., Muxiddinov B.F., Raxmatov U.N., Abdullayev K.S., Vapoyev X.M.

Angren ko'miri kukunlaridan briketlash jarayonlari tadqiqoti va texnologiyasi

Maqolada Angren ko'mir ezg'indilaridan turli tabiatli va konsentratsiyali bog'lovchilar, jumladan yog'-moy kombinatlarining chiqindisi (soapstok, gudron), texnik kraxmal va lignosulfanatlardan foydalangan holda briket olish jarayoni o'rganilib, bog'lovchilarning turli konsentratsiyalaridagi va har xil bosimlardagi briketning siqilishdagi mustahkamlik natijalari keltirilgan. Briket olishning texnologik liniyasi ishlab chqilib, sanoat miqyusida briket olish amalga oshirilgan.

 

Melikulova G.E., Arifdjanova K.S., Yusupova G.X., Xujamkulov S.Z., Mirzakulov X.Ch.

Markaziy qizilkum fosforitidan olingan ekstraktsion fosfor kislotasini sulfatsizlantirish jarayoniga texnologik parametrlarning ta'siri

Markaziy Qizilqum fosforitidan olingan ekstraktsion fosfor kislotasini kaltsiy oksidi bilan sulfatsizlantirish natijalari keltirilgan. Sulfatsizlantirish jarayonining darajasi 75-78% ga yetuvchi maqbul texnologik parametrlar aniqlangan.

 

Soddiqov F.B., Usmanov I.I., Mirzakulov X.Ch.

Tyubgatan koni silvinitidan to'yingan eritma olish va tozalash jarayoni tadqiqoti

Tyubgatan koni past navli silvinitidan kalsinatsiyalangan soda olish sanoatida ishlatish uchun mumkin bo'lgan, kalsiy va magniy ionlaridan tozalangan natriy va kaliyning to'yingan eritmasini olish tadqiqoti natijalari keltirilgan.

 

Sobirov M.M., Tadjiyev S.M., Sultonov B.E. Yuqori karbonatli fosforitlarni oltingugurtli aralashmasini nitrat kislota bilan parchalanishdagi ko'piklanish jarayonini o'rganish

Ko'pik balandligi va karraligiga nitrat kislitani me'yori, kislotani berish tezligi hamda aralashtirgichni aylanish tezligini ta'siri keltirilgan. Bundan tashqari ta'sirlashuvchi moddalar fosforit va kislotani aralashtirish usuli o'rganilgan. Oltingugurt tutgan yuqori karbonatli Markaziy Qizilqum fosforitini nitrat kislotasi bilan ta'sirlashishidan eng kam ko'pik hosil qilish orqali nitrofosfat kislotali bo'tqalar olish mumkinligi ko'rsatilgan.

 

ORGANIK MODDALAR TEXNOLOGIYASI VA KIMYO

 

Maxsumov A.G'., Saydaxmetova Sh.R., Hamrayev K.Sh.

Dietilaminopirazolilferrotsenatning yuqori unumli hosilalari sintezi

4-Dietilamino-(butin-2-il)-ferrotsenat diazometan bilan xona haroratida (20-22 o), [3-dietilaminometilen-(4-metilen-ferrotsenat)-pirazol]ni hosil qilinishi keltiriladi. Preparatni kimyoviy xossalari o'rganildi; xlorgidrat, YM, N1-alkillash, xlorlash va nitrozozirlash jarayoni olib boriladi.

 

Axmedov O.R., Shomurotov Sh.A., Muydinov N.T., Raxmanova G.G., To,raev A.S.

Ksantan smolasining dialdegidi sintezi

Turli oksidlanish darajasiga ega bo'lgan ksantan smolasining dialdegid hosilalari olindi. Olingan birikmalarning strukturasi, IQ-spektr, rentgentuzilish tahlili va yodometrik titrlash orqali o'rganildi. Reaksiya olib borishning optimal sharoitlari aniqlandi.

 

Qodirov X.E., Turbjnov S.M. OEDF va uning rux komplekslari asosidagi korroziya ingibitorlari

OEDF va laboratoriya sharoitlarida sintez qilingan OEDF-tsinkatlariga aminlar (KOMEA) va aminospirtlar (PKI-3) qo'shilib kompozitsiyalar tayyorlandi va korroziya ingibitorlari sifatida sinab ko'rildi. ODEF : Zn-OEDF : PKI-3 (maksimal himoyalash samarasi 97,9 %) kompazitsiyasi ODEF : Zn-OEDF : KOMEA (maksimal himoyalash samarasi 92,0 %) kompozitsiyasining himoyalash samaradorligidan bir qator yuqori ekanligi aniqlandi.

 

Hojiyev Sh.G'., Hakimov M.M.

3-Metiltio-5-amino-1,2,4- tiadiazolni qahrabo va ftal kislota angidridlari bilan atsillash

3-Metiltio-5-amino-1,2,4-tiadiazolning qahrabo va ftal kislota angidridlari bilan reaksiyasi o'tkazildi. Reaksiya natijasida qahrabo va ftal kislotalari mono- N (3-Metiltio-1,2,4-tiadiazol-5-il) amidi bilan bir qatorda siklik birikmalar - 3-(metiltio)-6,7-digidro-[1,2,4]tiadiazol[4,5-a][1,3]diazepin-5,8-dion va 3-(metiltio)-6,7-benzo-[1,2,4]tiadiazol[4,5-a][1,3]diazepin-5,8-dion ham hosil bo'lishi aniqlandi. Reaksiya toluol va o-klilolda olib borildi, hamda o-ksilolda siklik mahsulotning hosil bo'lish unumini yuqoriligi aniqlandi.

 

Raximov D.A., Malikova M.H., Xusenov A.Sh.

Topinamburning Fayz baraka va Mujiza navlari turgunaklaridan olingan inulinning uglevod tarkibini tadqiqoti

Tadqiqotlar natijalari asosida topinamburning Fayz baraka va Mujiza navlari tuganaklarining uglevod tarkibida fruktoza, fruktooligosaxaroza, suvda eriydigan polisaxaridlar inulin, pektin moddalari va gemitsellyuloza mavjudligi aniqlandi. Asosiy uglevodining bo'lib, uni olishni mavjud usullari analiz qilindi.

 

Ibragimov A.A., Mahsumov A.G'.

2I-(n-Difenil)-azo-4initrotimol- 1i ning sintezi, uning kimyoviy xossalari va bo'yovchilik faolligi

Maqolada 2I-(p-difenil)-azo-4I-nitro-timol-1I ning olinish usuli va uning kimyoviy xossalari hamda bo'yovchilik faolligi keltirilgan.

 

POLIMER VA KOMPOZIT MATERIALLAR TEXNOLOGIYASI

 

Ziyamuxamedova U.A., Bakirov L.Y., Tagirova L.M., Pak. K.A., Shaozimova U.X.

Korroziya va eskirish sharoitlarida ishlaydigan, yirik gabaritli uskunalarning qoplamalari uchun mo'ljallangan kompozitsion polimer materiallarning xossalari va strukturasi

Mazkur maqolada mexanik-kimyoviy usulining, korroziya va yemirilish sharoitlarda ishlaydigan materiallarning kompozitsion polimerli qoplamalarning modifikatsiyalari ko'rib chiqilgan. Tizim hosil qilish mexanizmi o'rganib chiqilgan va ularning fizik-kimyoviy tekshiruv natijalari keltirilgan.

 

Yo'ldoshov Sh.A., Shukurov A.I., Sarimsoqov A.A. Mahlliy xomashyolar asosida qiyin yonuvchan, yonishga chidamli yog'och qipiqli plitalar ishlab chiqarish texnologiyasi

Mahalliy antipiren va xom ashyolar asosida yuqori sifatli, qiyin yonuvchan yog'och qipiqli plitalar (YoQP) olish imkoniyatlarini aniqlash bo'yicha eksperimental tadqiqotlar olib borilgan. Qiyin yonuvchan YoQP olish uchun xom ashyolarning optimal tarkibi aniqlandi. Olingan natijalar asosida qiyin yonuvchan YoQP ishlab chiqarish texnologiyasi va retsepturasi yaratildi.

 

Karimov M.M., Rustamov M.K., Qayumov M.B.

Yangi sorbentlarni qo'llab suvni yumshatish imkoniyatlarini o'rganish

Polivinilxlorid asosida karboksil guruh tutgan polimerlar sintez qilindi va ularning fizikkimyoviy xossalari o'rganildi, texnologik parametrlari, hamda suvni yumshatish uchun qo'llanilish imkoniyati aniqlandi. Ishlab chiqilgan sorbentlarning +2 va Mg+2 ionlarini sorbsiya qilish jarayonlarining termodinamik parametrlari hisoblandi.

 

Barxanadjyan A.L., Xakimov R.M., Karpushkin S.I., Djalilov A.T., Vafayev O.Sh. Past haroratdagi xossalari yaxshilangan yozgi dizel yonilg'ilarini qishqi sharoitda ekspluatatsiya jarayonida qo'llash

Ushbu ishda dizel yonilg'ilari uchun yangi depressor qo'shilma olingan va uning miqdorga qarab dizel yonilg'isining sifatiga ta'siri, samaradorligi o'rganilgan. Dizel yonilg'isi konsentratsiyalari tayorlangan. Ekspluatatsion sinovlar shuni ko'rsatadiki, 1% qo'shilma dizel yonilg'isiga qo'shilganda muzlash harorati minus 29-31 oC gacha tushdi.

 

JARAYONLAR, APPARATLAR, MODELLASHTIRISH

 

Raxmatqoriyev F.G'. NaA seolitida karbonat angidrid adsorbsiyasi differensial issiqligi

NaA seolitida karbonat angidrit adsorbsiyasi izotermasi, differensiyal issiqliklari va termokinetikasi 303 K temperaturada o'lchandi. Adsorbsiya issiqliklari pog'onali ko'rinishda bo'ladi va har bir bosqichida ma'lum stexiometrik shakldagi adsorbsion komplekslar ((CO2)n/Na+, qancha n=1-4) qaytariladi, NaA a-bo'shlig'ida har qaysi lokalizasiyalashadi. Adsorbsiya izotermasi ikki hadli mikrog'ovaklarning hajmiy to'yinish nazariyasi tenglamasi orqali to'liq qayta hisoblandi va to'ldirildi.

 

Nurullayev Sh.P., Aripdjanov O.Yu, Kadir X.E, Alihanova Z.

Gazni qayta ishlash korxonalaridagi oltingugurt saqlovchi ikkilamchi gazlarni adsorbsiya jarayonini o'rganish

Oltingugurt olish qurilmasida chiquvchi oltingugurtli gazlarni toliq tozalash jarayonida DG-1 va DG-2 yangi adsorbentlarni samaradorligi korsatib berilgan hamda adsorbentlarni ishlab chiqarishda qollanilish natijalari keltirilgan.

 

Azizov D.H., Norxo'jayev A.S. Split konditsionerini ekologik toza sovutish agentida tadqiqot qilish

O'zbekistonda ishlab chiqarilayotgan split konditsionerlarni ekologik toza sovutish agentlariga o'tkazish istiqbollari ko'rib chiqilgan. Split konditsionerining R22 va R410A sovutish agentlaridagi ishi taqqoslangan.