CHEMISTRY AND CHEMICAL ENGINEERING

KIMYO VA KIMYO TEXNOLOGIYASI

NOORGANIK MODDALAR VA MATERIALLAR TEXNOLOGIYASI

 

Aripova M.X., Mkrtchyan R.V., Saliev M.M.

Ca5(PO4)3 Mg3(PO4)2 SiO2 tizimida olingan biositallar sintezi va aprobatsiyasi

Ca5(PO4)3F Mg3(PO4)2 SiO2 tizimida olingan shisha va sitallarning tuzilishini o'rganish asosida xayvonlarda klinik tadqiqotlarni olib borish uchun tarkiblar tanlab olindi. Ishlab chiqilgan implantatlarni xayvonlar a'zolaridagi xarakatini o'rganish natijasida suyak trabekularini xosil bo'lishi bilan boradigan suyak defektini tiklanish jarayonidagi biodegradatsiya qobiliyati ishlab chiqilgan sitallarni biofaolga ta'luqliligini ko'rsatadi.

 

ORGANIK MODDALAR TEXNOLOGIYASI VA KIMYO

 

Maxsumov A.G., Hamroyev K.Sh., Muhiddinov B.F., Vapoyev H.M., Umrzoqov A.T.

Pirazol hosilalari sintezi va ayrim xossalarini tadqiqoti

Maqolada pirazol birikmalarini sintezi, xossalari va formakalogik faolliklari keltirilgan. Benzoat pirazollarning xlorli hosilalarining shamollashga qarshi faolligi va fizik-kimyoviy konstantalari aniqlangan va IQ spektroskopiya usuli yordamida sintez qilingan moddalarni tuzilishi o'rganilgan.

 

Taxirov Y.R. Benzimidazolin-2-onlarni aromatic kislota xlorangidridlari bilan kam miqdor katalizator FeCl36H2O ishtirokida asillash

Benzimidazolin-2-onlarni aromatic kislota xlorangidridlari bilan kam miqdor katalizator FeCl36H2O bilan nitrobenzolda va erituvchiciz sharoitda reaksiyalari o'rganildi. Reaksiyalar erituvchisiz jlib borilgandi past haroratda borishi va 5(6)-aroilbenzimidazolin-2onlarni yuqori unum bilan hosil bo'lishi aniqlandi, u esa benzimidazolin-2-onlarni nukleofillik darajasiga bog'liq. Asillash reaksiyasi uchun muqobil sharoit va katalizator FeCl36H2O ning qo'llaniladigan kam miqdor chegarasi aniqlandi. Shuningdek, 4-almashgan benzoilxloridlarni asillovchi agentni elektrofillik darajasiga bog'liq, bo'lgan nisbiy faollik qatori topildi.

 

Axmedov O.R., Shomurotov Sh.A., Baratov K.R., Turaev A.S. Guar smolasini carboksimetillash

Turli almashinish darajasiga va eruvchanlikka ega bo,lgan, guar smolasining karboksimetil hosilalari olindi. Olingan birikmalarning strukturasi IQ-spektr, rentgentuzilish tahlili va termogravimetriya usulida o,rganildi. Reaksiyaning optimal sharoitlari aniqlandi (komponentlar nisbati, vaqt, suyuqlik moduli).

 

Ibragimov A.A., Maxsumov A.G., Isaev A.N.

6I-(4-metilfeniL)-azo-4I-sulfo-timol-1Ikarbamatninghosilalariniishlabva hosil bo'lish mexanizmi

Maqolada [6I-(4-metilfenil)-azo-4I-sulfo-timol-karbamat] ning hosilalarini olinishi texnologiyasi keltiriladi, fenilizotsianat bilan [6I-(4-metilfenil)-azo-4I-sulfo-timol-1I] ni DMFA va katalizator trietilamin asos ishtirokida xona temperaturasida olib borilishi hamda taxminiy hosil bo'lish mexanizmi va kimyoviy xossalari keltiriladi.

 

Ibragimova Yu.E., Raxmonova D.S., Kadirova Sh.A., Alieva G.K.

Geksametilen-bis-[N,N1-benzotriazolil] mochevinaning Cu(II) VA Zn(II) xloridlari bilan kompleks birikmalari

Geksametilen-bis-[N,N1-benzotriazolil] mochevinaning mis va rux xloridlari bilan koordinatsion birikmalari sintez qilingan. Olingan kompleks birikmalarning termik analizi muhokama qilingan. IQ spektroskopiya natijalari asosida ligandning kislorod atomi va geterohalqali azot atomi orqali bidentat koordinatsiyasi aniqlangan.

 

Maxmudova F.A., Maksumova O.S. To'rtlamchi ammoniyli tuzlarni korroziya ingibitori sifatida tadqiq qilish

Izogeksilmonoxloratsetatlar va trietilamin asosida tortlamchi ammoniyli tuzlar sintez qilindi. Ularni olishning optimal shart-sharoitlari aniqlandi, sintez qilingan birikmalarning tuzilishi va asosiy fizik-kimyoviy kattaliklari o'rganildi. Ular korroziya ingibitorlari sifatida sinab ko'rildi.

 

POLIMER VA KOMPOZIT MATERIALLAR TEXNOLOGIYASI

 

Turaev E.R., Shakirov X.X., Ayxadjaev B.B.

Polipropilen asosidagi kompaundlarning issiqlikfizik xossalarini o'rganish

Etilenpropilen elastomeri va talk asosida tayyorlangan polipropilen kompaundining issiqlik fizik xossalari organildi. Modifikator konsentratsiyasining polipropilen xossalariga tasiri baholandi.

 

Kattaev N.T. Akrilonitrilning yangi tikilgan sopolimerlarining tuzilish xususiyatlari

Maqolada akrilonitrilning divinilbenzol bilan yangi tikilgan sopolimerini to'rlangan tuzilmasi tadqiq keltirilgan. Sopolimerlarning g'ovaklik omillariga g'ovak hosil qiluvchining tabiati va miqdori ta'siri o'rganilgan. Alifatik va aromatic uglevodorodlar ishtirokida olingan sopolimerlar uchun g'ovaklarfning hajm bo'yicha tarqalish differensial egri chiziqlari olingan.

 

Daminova Sh.Sh., Kadirova Z.Ch., Sharipov X.T., Rahmatov I.X. Dialkilditiofosfat Cu (II), Ni(II), Zn(II) larning benzimidazol hosilalari bilan kompleks birikmalarining sintezi va xossalari

Birinchi marta aralash ligandli [u()2(i-Pro2S2)2], [Ni()2(i-Pro2S2)2] va [Zn()2(i-Pro2S2)2] komplekslari sintez qilindi, ularning tuzilishi element, rentgenfazoli, derivatografik tahlil va IQspectroskopiya usullarida organildi. Dialkilditiofosfor va aminoguruhning kompleks hosil qilish jarayonida ishtirok etishi tasdiqlandi.

 

JARAYONLAR, APPARATLAR, MODELLASHTIRISH

 

Raxmatkariev G.U., Raxmatkarieva F.G.

Na sintetik seolitida serooksid uglerod adsorbsiyaning keng interval muvozanat bosimi va temperaturasi

Seolit NaH karbonil sulfid yutish izotermlari 0, 25, 60 va 100 C haroratda hajmli usulda o'lchandi. Seolit NaH bilan isosterik issiqlik va karbonil sulfidli Adsorbsiyon entropi hisoblandi. Karbonil sulfid, zeolit NaH bilan adsorpsiyon mexanizmini ochib berdi. Yutish izotermlari to'liq ikki va uch muddatliTOZM tenglama bilan tasvirlandi.

 

Xandamov D.A., Muminov S.Z., Yusujonov S.F., Muhammadiev O.R.

Aminlangan navbahor montmorillonitlarida asetonitril adsorbsiyasi

Ilk bora aminlangan Navbahor montmorillonitlarda asetonitril bug'lari adsorbsiyasining differensial izosterik adsorbsiyasi issiqligining haroratga bog'liqligi o'rganildi. Aminlangan montmorillonitlarda atsetonitril bug'lari adsorbsiyasi issiqligi to'lqinsimon shaklda bo'lishi qonuniyatlari aniqlandi.

 

Abdurahimova A.U., Nurmuhamedov H.S., Nigmadjonov S.K., Temirov A.Sh.

Gaz-suyuqlikli mavhum qaynash qatlamidan uchib ketish tezligi

Uch fazali mavhum qaynash qatlamda ajratish jarayoniga qattiq faza shakl omilining ta'siri to'g'risiga ekspereimental natijalar keltirilgan. Tajriba ma'lumotlar ma'lum formula yordamida qayta ishlangan va =f(d) funktsiyasi ko'rinishida keltirilgan. Ekvivalent diametr d ortishi bilan jismning uchib chiqish tezligi oshadi. Hisoblab topilgan va tajriba ma'lumotlari o'rtasidagi farq 50% dan ortiq va bunday holat shakl omili va uning yuqori uchuvchanli bilan bog'likligi aniqlanadi.

 

MODDALAR ANALIZI

 

Erkaev A.U., Reymov K.D., Kaipbergenov A.T., Kucharov B.X., Bayraeva D.

Katta Orol dengizining g'arbiy qismi sohilining kimyoviy tarkibi

Tadqiqotlar natijasida Katta Orol dengizining g'arbiy sohilidagi tuproqda suvda eruvchan tuzlar va loy materiallarning uch qatlamidagi tarqalish qonuniyatlari aniqlandi. Kimyoviy va fizik-kimyoviy tadqiqotlari natijasida suvda eruvchan va erimaydigan cho'kmalarning qo'yidagi suvda eruvchan minerallardan tashkil topishi: mirabilit, tenardit, galit, blyodit, kon'yait, leveit, vantgoffit, pentagidrat, starkeit, sanderit va kizerit.

 

OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI

 

Mamatxanova M.A., Halilov R.M., Kotenko L.D., Mamatxanov A.U.

Ferula kuhistanica er ustki qismidan kufestrol olish texnologiyasi

Ferula kuhistanica o'simligining er ustki qismidan olingan spirtli ekstraktni tozalash jarayoniga ta'sir qiluvchi omillarning qiymatlari aniqlandi. Suyuq suyuq tizimida ekstraksiya usuli bilan murakkab efirlarni tozalash jarayoni va ajratib olish dinamikasi o'rganildi. Tajribalar ososida olingan natijalar asosida parrandalarni tuhum qo'yish samaradorligini oshiruvchi Kufestrol substansiyasini olish texnologiyasi ishlab chiqildi.

 

Ishmuxamedova R.Ch.

Dastlabki ishlash jarayonida turli muddatlarda ekib oziqlantirilgan bugdoy doni sifatini baholash texnologiyasi

Kuzgi yumshoq bugdoy navlari Ozbekistonning janubiy mintaqalari sharoitida oktyabr oyi o'rtasida ekilib mineral o'g'itlarning tavsiya etilgan me'yori (N180P90K60) oshirilib (N210P110K70) qo'llanilganda don sifati yaxshilanishi natijasida 1000 don vazni o'g'it qollanilmagan nazorat variantidagiga nisbatan 1,9-2,7 g; natura og'irligi 15-20 g/l; shishasimonligi 5-10 %; oqsil 0,6-0,9 % va kleykovina 1,3-1,8 % oshadi.

 

Nuritdinov B.S., Majidov K.X. Bug'doy murtaklaridan tokoferol preparatlarini ajratib olish

Tokoferollar va karotinlar miqdorini aniqlash uchun ashyo namunalari og'irligi 15 minut davomida ekstraktsion aralashmani qaynash haroratiga qadar etanol ishtirokida ekstraktsiyalandi, ekstraktsiyalangan manbalarda tokoferollar Emmeri-Engel usulida filütrlanib aniqlandi. Buning uchun standart manba sifatida α-okoferollar, karotinoidlarni 440 nm to'lqin uzunlikdagi singdirilishi qabul qilindi. Karotinlarning miqdori βkarotin hisobida miqdoran aniqlandi. Tokoferollar preparatlarini olishda ijobiy omil sifatida ularning T:K ning yuqori nisbati qabul qilindi. Tokoferollarni chiqim miqdorini oshirish sorbtsiyalash bosqichida texnologik parametrlarni o'zgartirish natijasida erishildi.

 

Xakimova Sh.I., Kadirova M.T., Kaxramonov F.O.

Turli shtamm achitqilar asosida tayorlangan pivo namunalarini aromatik ta'mi va texnokimyoviy xususiyatlari

O'zbekistonda pivo assortimentini kengaytirish va sifatli pivo navlarini ishlab chiqarishda qo'llash uchun achitqilarning skriningi o'tkazildi. Pivoning yangi namunalarini texnokimyoviy va organoleptic xususiyatlari o'rganildi.