CHEMISTRY AND CHEMICAL ENGINEERING

KIMYO VA KIMYO TEXNOLOGIYASI

NOORGANIK MODDALAR VA MATERIALLAR TEXNOLOGIYASI

 

Maxmanov U.K., Koxxarov A.M. , Ismailova O.B., Bahramov S.A., Kurbanov S.S.

Shisha taglik sirtida bo’g’lanayotgan eritma tomchisi hajmida C70 fullerenining molekulyar nanoo’lchamli kristalsimon agregatlari sintezi

Ochiq dissipativ sistema - Ñ70 fullerenining benzoldagi molekulyar eritmasining shisha taglik silliq sirti-ga o’tkazilgan tomchisining bo’g’lanayotgan hajmida diametrdagi o’lchami dn ~18±5 íì bo’lgan sharsimon shakldagi zich yig’ilgan kristall nÑ70 agregatlari sintez bo’lishi ilk bor ko’rsatildi. Shisha taglikda sin-tezlangan agregatlar strukturasi 6 oy oralig’ida barqaror bo’lib, harorat va tashqi mexanik ta’sirga yuqori mustahkamlik namoyon qiladi hamda uning quyosh foto o’zgartirgichlari tayyorlashda istiqbolliligini ko’rsa-tadi. Fullerenning nC70 agregatlari sintez bo’lishi - nisbatan katta strukturalar kichiklari hisobidan o’sishiga asoslangan ostvald yetilishining konkret fizik kimyoviy mexanizmlari taklif etildi.

 

Djandullaeva M.S., Atakuziev Ò.À., Shamadinova N.E.

Soda zavodi qattiq chiqindilarning har xil faollikdagi ohak-kremnezemli aralashma-lariga ta’siri

Maqolada har xil faollikdagi ohak-kremnezemli aralashmasiga soda zavodi qattiq chiqindilarining (SZQCH) ta’sirini o’rganish bo’yicha olib borilgan tadqiqot natijalari keltirilgan. 20 % SZQCH qo’shilgan namunalarning mustahkamlik ko’rsatkichi 25 % ga oshganligi aniqlandi. Kvarts qumi: SZQCH nisbati 80:20 dan 40:60 gacha bo’lgan, faolligi esa 10 % bo’lgan aralashmalardan tayyorlangan namunalarda ohak maksi-mal bog’langan.

 

ORGANIK MODDALAR TEXNOLOGIYASI VA KIMYO

Khodjaniyazov X.U., Sagdullaev Sh.Sh.

2,3-Tetra(penta)metilenpirido[2,3-d]pirimidin-4-onning p-nitro(dimetilamino)benzaldegid bilan kondensatsiyasi

Pirido[2,3-d]pirimidin-4-onlarning kimyoviy transformatsiyasini tadqiq etishni davom ettirib, 2,3-tetra(penta)-metilenpirido[2,3-d]pirimidin-4-onlarning p-nitrobenzaldegid va p-dimetilaminobenzaldegid bilan ehtimoliy kondensatsiyasi o’rganildi. Tetrametilen-gomolog bilan olib borilgan reaksiyalarda α-(p-nitro- va -dimethylamino)-benziliden-2,3-tetrametilenpirido[2,3-d]pirimidin-4-onlar hosil bo’ldi. Aksincha, pentametilen-gomolog yuqorida keltirilgan aldegidlar bilan shunday reaksiya sharoitida kondensatsiyaga kirishmadi. Buni azepin halqasining qayiqsimon tuzilishi fazoviy to’sqinlik qilishi va α-metilen guruhning molekula tekisligidan chetlanishi natijasida konyugirlangan N1-C2-Cα tizimning buzilishi bilan tushuntirildi. Sintez qilingan biri-kmalarning tuzilishi 1H va 13C YaMR, IQ spectroskopik ma’lumotlar va SX/MS yordamida tasdiqlandi.

 

Ibragimova Ì.R., Àzizov Ò.À.

Mis(II)nikotinatning amidlar bilan koordinatsion birikmalari sintezi

Mis(II)nikotinatning ayrim kislota amidlari bilan kompleks birikmalari sintez qilingan. Tebranish spektroskopiyasi metodi va termik analiz asosida organik ligandlarning koordinatsiyalanish uslublari, markaziy atom qurshovi, sintez qilingan birikmalarning termik hususiyatlari isbot qilingan. Kvant-kimyoviy xisoblash asosida bo’g’ uzunliklari, birikmaning xosil bo’lish issiqligi, valent burchaklari va molekulaning dipol momenti aniqlangan.

 

Babaev B.N., Haitbaev H., Holbekov O.H., Izotova L.U., Shakirzyanova G.S.

1-Metilimidazol va piridinning hosilalari sintezi hamda termik analizi

1-Metilimidazol va piridinning sintez qilingan hosilalari tuzilishi IQ hamda PMR spektrlar yordamida tasdiqlangan, moddalarning fizik-kimyoviy doimiyliklari hamda termik barqarorligi aniqlangan.

 

Nuralieva G.A., Kadirova SH.A., Ibragimova Yu.E., Raxmonova D.S. Glitsin va tiosemikarbazidni Ni(II), Zn(II) VA Cu(II) kompleks birikmalarining IQ spektroskopik tadqiqoti

Metall glitsinatlari asosida tiosemikarbazid bilan aralash ligandli kompleks birikmalar sintez qilindi. Sintez qilingan kompleks birikmalarning tarkibi, tuzilishi va xossalari fizik-kimyoviy usullar bilan o‘rganildi.

 

Maxmudov M.J., Narmetova G.R.

Gidroizomerizatsiya usulida AI-80 avtomobil benzinida benzol miqdorini kamaytirish

AI-80 benzin tarkibida benzol miqdorini kamaytirish maqsadida AlCl3 katalizatorini qo`llab gidroizomerizatsiya jarayoni o`tkazildi va gidroizomerizatsiya mahsuloti tarkibi adsorbsion-krioskopik usulida aniqlandi

 

POLIMER VA KOMPOZIT MATERIALLAR TEXNOLOGIYASI

 

Ixtiyarova G.À., Nuritdinova F.M., Àõàdov Ì.Sh., Sàfàrova Ì.À. Jonsiz asalaridan parchalanuvchi biopolimerlar xitin va xitozan olishning yangi texnologiyasi

Ìàqîlàdà bàhîr îyida nîbud bo’lgan jonsiz àsàlaridan xitin và xitozan biopolimerlarini àjratib îlish nàtijalari kåltirilgan. Birinchi bîsqichda quritilgan àsàlari qoldiqlari tårib îlingan. Õitin îlish uchun îqsil và mineral mîddalàrdan deprîteinlash và dåminerallash råksiyalari îlib bîrilgan.

 

Sadikov Ò., Xvan À.Ì., Sadikov Z.T., Zuxurova G.V., Abdurazakov A.Sh. Medamin asosida polimer kompleks olish texnologiyasini ishlab chiqish

Medamin polimer kompleksi, vodorod bog`lar hisobiga hosil bo`lishini IQ spektroskopik usuli tasdiqlaydi. Medapek olishni qulay usuli ishlab chiqildi va shu asosida dorini sanoat miqyosida olish texnologiyasi yaratildi.

 

Abdutalipova N.M., Turabdjanov S.M.

Yangi aminokarboksil amfolitlarning xossalarini tadqiq etish

Maqola furfurol va nitril akril kislotasi (NAK) kub chiqindisini polikondensatsiyalash yo’li bilan amfoter ion almashinuvchi polimerlar olishga bag’ishlangan. Olingan amfolitning strukturasini aniqlashtirish maqsadida potentsiometrik titrlash egrisi, shuningdek, IQ-spektrlari olingan. Taniqli markali amfolitlar bilan olingan amfolitning fizik-kimyoviy xossalarini taqqoslangan ma’lumotlari keltirilgan.

 

Turayev E.R., Ayxodjayev B.B.

Polipropilen kompaundlarining hossalariga talk va elastomer miqdorining ta’siri

Etilenpropilen elastomeri va talk to’ldirgich bilan modifikasiyalangan polipropilen kompaundining fizik mexanik xossalari o’rganish natijasida, berilgan xossalarga ega material  olish mumkinli aniqlandi.

 

Beknazarov H. S.

Gossipol hosilalari asosida stabillangan ski-3 sintetik kauchugining oksi-dlanish xossalarini o’rganish

Gossipol hosilalari asosida stabillangan SKI-3 sintetik kauchugini ingibirlash xossalari o’rganilgan. Gossipol asosidagi oligomer antioksidantlar molekulasi difil tuzilishga ega bo’lib (ular tarkibida gidrofil (naftol) va lipofil (isoprene qoldig’i) xossalariga ega), kauchuklar tarkibiga antioksidantlarni kiritish kauchukning oksidlanish kinetikasini o’zgartirishini, ularning boshlang’ich jarayondagi induksion davrlarida ham yaqqol ko’rinishi tajriba asosida aniqlangan.

 

Abdullaev F.T., Zhamolova L.Y., Holmirzaev I.H.

N-laktam kopolimerlari ta'sir molekulyar og'irligida akrilat, konfor-matsion va issiqlik xususiyatlari

Sedmentatsiya, diffuziya viskozimetriya va deferensial termik taxlil usullari bilan N–vinilkaprolaktam va N–allillkaprolaktam monomerlarining akrilatlari bilan turli nisbatlardagi sopolimerlarning xususiyatlari o‘rganilgan.

Sopolimerlarning molekulyar- komformatsion va termik xsusiyatlar, monomerlarning xususiyatlariga hamda ularning tarkibiga bog‘liqligi ko‘rsatilgan.

 

JARAYONLAR, APPARATLAR, MODELLASHTIRISH

 

Mavlanov E.T., Zakirov S.G., Nurmuhamedov H.S., Temirov O.Sh. Spiralsimon silliq turbulizatorli kanallarda suvning harakatlanishida tezlikning issiqlik o’tkazishga ta’siri

Silliq turbulizatorlar joylashish qadamining issiqlik intensivligiga ta’sirining tajriba ma’lumotlari keltirilgan. Tajriba natijalari α=f(Re) funksiyasi ko’rinishida tasvirlangan. Spiralsimon turbulizatorlar qadami va ularning trubada o’yilish chuqurligi issiqlik berish jarayonini 2,5 barobar tezlashtiradi. Tekis va turbulizatorli trubalarni α koeffisiyenti bo’yicha solishtirish issiqlik tarqalishini 2,7 marotabagacha ortishini ko’rsatadi.

 

Safarov J.E.

Topinambur va na’matakni quritish jarayoni kinetik qonuniyatini formal-lashtirish

Maqolada o’zgarmas haroratdagi boshlang’ich va chegaraviy shartlarga xos ravishda Fikning diffusion tenglamasi orqali qurish kinetikasining jarayoni ko’rilgan. Ushbu jarayonda Fik tenglamasini matematik iboralar bilan tavsiflash uchun namlikni saqlash qiymatlarini o’lchovsiz shaklga keltirib olingan. Namlik diffuziyasi koeffisientining chegaraviy shartlariga ko’ra aniqlanadigan kvadratga nisbatan 1-tur bo’yicha qabul qilinganda, uning yechimida yetarlicha eksponentlar miqdori bilan xuxusiy hosilada differensial tenglama yechimi yordamida dasturlar orqali maxsus dastur yordamida eng kichik kvadratlar usuli bilan aniqlandi.

 

Xudoyberdiyeva N.Sh., Zakirov S.G., Baxronov X.Sh., Suyarova X.X. Mavhum qaynayotgan polidispers donador material qatlamining kengayishi

Silliq turbulizatorlar joylashish qadamining issiqlik intensivligiga ta’sirining tajriba ma’lumotlari keltirilgan. Tajriba natijalari α=f(Re) funksiyasi ko’rinishida tasvirlangan. Spiralsimon turbulizatorlar qadami va ularning trubada o’yilish chuqurligi issiqlik berish jarayonini 2,5 barobar tezlashtiradi. Tekis va turbulizatorli trubalarni α koeffisiyenti bo’yicha solishtirish issiqlik tarqalishini 2,7 marotabagacha ortishini ko’rsatadi.

 

EKOLOGYA

 

Huramov M.G., Naziro Z.Sh.

Maqolada pillakashlik ishlab chiqarish oqava suvdan hosil bo’ladigan cho’kindilarga ishlov berishni tejamkor usulining natijalari keltirilgan.

Maqolada pillakashlik ishlab chiqarish oqava suvdan hosil bo’ladigan cho’kindilarga ishlov berishni tejamkor usulining natijalari keltirilgan.

 

OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI, BIOTEXNOLOGIYA, FARMACEVTICA

 

Suvanova F.U.

Αsimlik moylarni gidrogenlash uchun turli katalizatorlarni qo’llash

Maqolada yog’-moy sanoatida qo’llaniladigan katalizatorlarni: tayyorlash usuli va modifikatsion qo’shimchalarning tarkibiga kî‘ra tashuvchidagi dispers katalizatorlar xususiyatlarning î‘zgarishi, qotishma katalizatorlarning gidrogenlash xususiyatlariga palladiy va rodiy promotorlarning ta’sirini î‘rganish natijalari keltirilgan.

 

Raxmanberdiyev R.G., Khusenov A.Sh., Tulyaganov R.T., Malikova M.Kh.

Nitroinulinni ayrim mikroblarga sezgirligi va farmakologik xossalari

Topinambur tuganagi inulin asosida nitroinulin olindi. Fizik-kimyoviy, IQ spektr usullar yordamida ularning xossalari va strukturasi tahlil qilindi. Nitroinulinni mikroblarga ta’sirchanligi va farmakologik xususiyatlari o‘rganildi. Nitroinulin oq sichqonlarga yuborilganda o‘tkir zaxarlilik ko‘rsatkichi bo‘yicha bezarar moddalar qatoriga mansubligi aniqlandi. Oq kalamushlar qonida glyukoza bilan qand miqdorini oshirganda, nitroinulin qondagi glyukoza miqdorini inulinga nisbatan ikki barobar kamaytirishi aniqlandi.

 

Yuldashev Sh.U., Sotimov G.B., Mamatqhanov A.U., Payziev I.B., Sagdullaev Sh.Sh.

Thermopsis à1terniflora o'simligining shrotini fermentli gidrolizi

Thermopsis alterniflora o'simligini óer ustki qismidan biologik  faol moddalar ajratib olingandan keyingi qolgan qismi - shrotini fermentativ gidrolizlash o'rganildi. Chiqindi-shrotdagi lignoselluloza biomassasini dastlabki kislotali gidrolizlashni va keyingi fermentli gidrolizllashdagi mo'tadil sharoitlari aniqlandi. Bunda chiqindi biomassasiga dastlabki kislotali ishlov berish, fermentli gidroliz jarayonini 32 % ga oshirihi kuzatildi.