CHEMISTRY AND CHEMICAL ENGINEERING |
KIMYO VA KIMYO TEXNOLOGIYASI |
NOORGANIK MODDALAR VA MATERIALLAR TEXNOLOGIYASI
Hovsepyan A.H. Yuqori xaroratli sintez orqali molibdenning sulfidli konsentratidan molibden disilitsidini olish Yuqori xaroratli sintez orqali molibdenning gidrometallurgik konsentrati va kremniydan molibden disilitsidini olish jarayoni o’rganildi. Shihtovka, presslash va sintez natijasida molibden disilitsidi xosil bo’lishi aniqlandi.
Erkaev A.U., Kaipbergenov A.T.,.Kucharov B.X, Toirov Z.K. Suyuq fazali usul bilan natriy seskvikarbonat olish jarayoni tadqiqoti Natriy xlorid ishtiroqida suyuq fazali usul bilan natriy seskvikarbonat olish jarayoni tadqiqot qilindi. Jarayonni olib borish maqbul sharoitlari va oraliq hamda oxirgi maxsulotlarni reologik xususiyatlari o‘rganildi. Moddiy balans tuzildi.
Mkrtchyan R.V., Aripova M.X., Dosmuxamedov T.V. Tabiiy xom ashyolar va ishlab chiqarish chiqindilari asosida olingan shishalarni IQ spektroskopik tadqiqi Po’lat eritish shlaklari, kul-shlaklari, tibbiyot ampulalari ishlab chiqarish chiqindilari, pegmatit, dolomit va mel asosida olingan shishalarning IQ spektrlari o’rganilgan. Shishalarning kation va anion strukturalaridagi farqi ularning keying termik ishlov natijasida o’z-o’zidan kristallanishga bo’lgan layoqatini belgilaydi.
ORGANIK MODDALAR TEXNOLOGIYASI VA KIMYO
Azamatov O'.R., To'rayev N.A., Qodirov X.E., Turabjanov S.M. Oksietilidendifosfon kislota sinkati asosida kompozit ingibitorlar olish Oksietilidendifosfon kislota (OEDFK) sinkatini sintez qilish usuli takomillashtirilib, ko'p atomli spirtlar initsiatorligida amalga oshirildi. Olingan mahsulot unumi 98,0 %, tozaligi esa 99,8 % dan kam emasligi aniqlandi. OEDF sinkati hamda monoetanolaminni vakuumda haydash kub qoldig‘i, poliaminokrotonol va ekstraksion fosfor kislotasi asosida kompozitsiyalar tayyorlanib, mineral tuzlarning to'planishiga qarshi ingibitorlar sifatida sinab ko'rildi. Olingan ingibitorlarning samaradorligi 90 % dan kam emasligi aniqlandi.
Ziyadullayev O.Å. Aromatik atsetilen spirtlarini magniy organik birikmalar asosida sintez qilish Magniy organik birikmalar asosida fenilatsetilen bilan kroton aldegidi va ayrim ketonlar bilan o'zaro reaksiyasi asosida aromatik atsetilen spirtlari (AAS) sintez qilingan. Mahsulot unumiga ta'sir qiluvchi omillar- harorat, reaksiya davomiyligi va erituvchilar tabiati ilmiy asoslangan.
Xodjaeva F.A., Maksumova Î.S. Suyuq olefinlar asosida murakkab efirlar sintez qilish Geksen izomerlari bilan akril kislotaning o‘zaro eterifikatsiya reaksiyasi o‘rganilgan va ular asosida murakkab efirlar olingan. Eterifikatsiya reaksiyasiga turli omillarning: temperatura, reagentlar, katalizator tabiati va nisbatlari ta’sirini o‘rganilishi natijasida, jarayonning optimal sharoiti aniqlangan. Olingan murakkab efirlarning strukturasi IQ-spektral tadqiq usuli yordamida tasdiqlangan.
Xojaev X.O., Shabilolov A.A., Xojaev O.F. Metallar oksibenzoatlar va aminokislotalar asosida aralash ligandli koordinatsion birikmalar Kobalt, nikel, mis, marganets va rux oksibenzoatlari va glitsirin ososida aralash ligandli koordinatsion birikmalarini sintezi natijalari keltirilgan. Metoksibenzoy kislotasi va glitsinni reaksion qobiliyati kvant-kimiyoviy usul bilan o’rganilgan. Ligandlarni koordinatsiya usullari tahlil qilingan va spektroskopik usulda tasdiqlangan
Kadirova Z. Ch., Hidirov Sh.A., Strizhevskaya A.A., Aripov J. Shavel kislota bilan temir kompleksining fotofaol electron tuzilishi Ferrioksalat komplekslarining fotofaol eritmalaridagi ionlarning taqsimlanishini va electron tuzilishi hisoblangan. Organik bo'yoqlarning oksidlash va minerallash reaktsiyalarida [FeIII(C2O4)3]3- va[FeIII(C2O4)2]- komplekslarining faolligi yuqori bo'lib temir oksidi - shavel kislotasi tizimining fotokatalitik faolligini belgilaydi.
KIMYO-METALLURGIK JARAYONLAR
Mansurov Yu.N., Kadirova D.C., Aripova D.C., Buravlyeva A.A. Nodir metallar asosida yukoritexnologik qotishmalar olish uchun holatlar diagrammalarini o'rganish Yuqoritexnologik qotishmalar olish uchun Au-Ag, Cu, Pt, Pd tizimlarning holat diagrammalari o'rganildi. Ularning gomogenlik soxalari, mexanik, elektrofizik va kimyoviy xususiyalari xamda mustaxkamlik xossalarining ishqalanishga qarshi xususiyatlariga ta'siri aniqlandi.
JARAYONLAR, APPARATLAR, MODELLASHTIRISH
Raxmatkariev G.U., Abduraxmonov E.B., Raxmatkarieva F.G. NaY seolitda benzol adsorbsiyasining differensial issiqligi NaY molekulyar g’alvirdagi benzolning adsorbsiyalanish differensial issiqligi va izotermasi 303K haroratda o’rganildi. Adsorbsiya izotermasi MHTN tenglamasi yordamida tavsiflandi. Olingan natijalar asosida NaY seolitda benzol adsorbsiyasining boshlang’ich to’ldirishdan to to’yinishgacha bo’lgan mexanizmi batafsil yoritib berildi.
Yusupova L.A., Nurmanov S.E. MIrxamitova D.X., Ikramov A., Mamarizayev Sh.B. Butin-2-diol-1,4 vinillash jarayonini modellashtirish Butin-2-diol-1,4 ni atsetilen bilan reaktsiyasi o‘rganilgan, tajriba natijalari matematik qayta ishlangan. Jarayonning matematik ifodasi keltirilgan va tajriba hamda nazariy natijalarning o‘zaro mosligi isbotlangan.
Rakhimov R.H. Izotermik pechlarni loyihalashtirishning uziga xos xususiyatlari Maqolada turli hil pechlarning ichki muxitida teng xarorat olish yo’llari muxokamasi keltirilgan.
Hayitov R.R., Narmetova G.R. Neft kimyosi reagentlari va neft mahsulotlarining sifatini yahshilash uchun shlatiladigan adsorbentlarning fizik-kimyoviy xususiyatlarini tadqiq qilish Turli fizik-kimyoviy usullarni qo’llash orqali neft kimyosi reagentlari va neft mahsulotlarining sifatini yahshilash uchun ishlatiladigan adsorbentlarning sorbsion xususiyatlari tadqiq qilindi.
Baltabayev U.N., Tursunõodjayev P.M. Omixta yem ishlab chiqarish texnologik jarayonini matematik modellashtirish Matematik modellashtirish asosida omixta em ishlab chiqarish texnologik jarayoni tadqiq qilingan. Tadqiqotlarning natijalari asosida arpa donini oqlovchi uskuna va «meyorlash – aralashtirish» tizimi ishini uzluksizligini ta’minlovchi va ozuqaviy qo’shimcha asosida omixta em ishlab chiqarish printsipial texnologik sxema takomillashtirildi.
Suvanova F.U. Gidrogenlash texnologik liniyalari tizimchalarni matematik modellarini ishlab chiqish Maqolada gidrogenlashning texnologik liniyalari tizimli tahlil qilindi, ularni tasniflash va qator mustaqil tizimchalarga dekompozitsiyalash taklif etildi, ularni tizimcha turg‘unligi bî‘yicha yaxlitligi hisoblandi, ularning statistik modeli ishlab chiqildi va ular asosida paxta moy va missellasini tî‘yintirishning optimal texnologik rejimlari tanlandi.
OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI VA BIOTEXNOLOGIYA
Dzhakasheva M.A., Kedelbayev B.Sh., Ermukhanbetova R.A., Tashmukhamedov M.S. Pektolitik fermentlarni sintezlovchi mikroorganizmlarni tanlash Yuqori faol pektinaza produtsentlari sifatida A.foetidus shtammi 0,30 ed/ml, A.niger 0,25 ed/ml va A.awamori 0,22 ed/ml umumiy pektolitik faolligi bilan tavsiya etilgan.
Xo'jamshukurov N.A., Davranov Q., Agzamova X. Bakterial preparatlarni quritish jarayonini takomillashtirish Kriohimoyalovchi vositalar asosida Bacillus thuringiensis var.thuringiensis entomopatogen bakteriyasining biologik xususiyatlarini saqlab qolishda suyuq azotning yaxshi samara berishi, shuningdek, PEO-400 hujayralarni muzlatish va qizdirish jarayonlaridagi salbiy ta’sirlardan himoyalashda yaxshi samara berishi, undan entomopatogen biopreparatlar tayyorlashda foydalanish maqsadga muvofiq ekanligi ko‘rsatib berilgan. |