CHEMISTRY AND CHEMICAL ENGINEERING

KIMYO VA KIMYO TEXNOLOGIYASI

NOORGANIK MODDALAR VA MATERIALLAR TEXNOLOGIYASI

 

Ergashev D.A., Guchchiev U.U., uxtaev S.

50 haroratda Ca(ClO3)2-CO(NH2)2-H2O sistemasining eruvchanlik izotermasi

Ca(ClO3)2-CO(NH2)2-H2O sistemasining eruvchanligi va qattiq fazalarning tavsifi izotermik usulda 50 da organildi. Sistemaning eruvchanlik diagrammasida dastlabki moddalarning va Ca(ClO3)2-4CO(NH2)2-2H2O tarkibli birikmaning kristallanish bog'lari chegaralandi. Birikma kimyoviy va fizikkimyoviy usullarda tahlil qilindi.

 

Mirzakulov U.I., Shamayev B.E., Adinayev X.A., Mirzakulov X.Ch.

Markaziy Qizilqum fosforitlarini ammoniy sulfat bilan kimyoviy aktivatsiya jarayoni tadqiqoti

3(4)2-(NH4)2SO4-H2O sistemasini 25, 50 va 75 C xaroratda organish va tahlili asosida trikalsiyfosfatni xarorat oshishi bilan eruvchanligi oshishi aniqlandi, har xil turdagi fosfat xom-ashyosini ammoniy sulfat va uning eritmalari bilan aktivatsiyalash tadqiqoti olib borilgan. Markaziy Qizilqum fosforitlarini aktivatsiya yoli bilan 25 ni ozlashtiriluvchi holatini oshirish mumkinligi korsatilgan.

 

Djandullaeva M.S., Atakuziev T.A.

Barxan qumi asosida olingan silikat g'isht sifatini yaxshilash va qotish jarayonini kuchaytirish usullari

Soda zavodi qattiq chiqindilarini va o'lchami 0,6-5 mm bo'lgan mramor kumlarini (yiriklagich) xom - ashyo aralashmasiga qo'shish orqali barxan qumi asosida olingan silikat g'ishtning sifatini yaxshilashimkoniyatlari o'rganildi. Bunda kompleks qo'shimchaning samaradorligi aniqlandi. Xomashyo aralashmasiga ularni qo'shish orqali ohakning sarfini kamaytirish, soda zavodi qattiq chiqindilari va barxan qumining turiga boqliq holda siqilish mustahkamligi va M-100 (0,31-0,34) markali terish qorishmasi bilan ilashish mustahkamligini oshirish mumkin. Bunday g'isht terish qorishmasi bilan SNiP talablaridan 2 martagacha Re0,18 yuqori bo'lgan ilashish mustahkamligiga ega.

 

Matkarimov Z.T., Aripova M.X. Sanoat chiqindilari asosidagi sir qoplamalar

Meditsina ampula chiqindilari asosida pol koshinlar uchun sir qoplama tarkibi ishlab chikilgan.

Sanoat sharoitida sir qoplamalari aprobatsiyasi amalga oshirildi.

 

ORGANIK MODDALAR TEXNOLOGIYASI VA KIMYO

 

Turakulov J.U., Azizov .., Azizov O.T., Ibodullaeva M.I.

Kalsiy asetatining karbamid va tiokarbamidli bir turli koordinatsion birikmalari

Kalsiy asetatining karbamid va tiokarbamid bilan bir turli koordinatsion birikmalari sintez qilindi. Asetat guruhi, karbamid va tiokarbamid molekulalari koordinatsiyalanish usullari, tarkibi, individualligi aniqlandi. Markaziy ionning oltita koordinatsion tuguni mavjudligi keltirilgan.

 

Shakirzyanova G.S., Babayev B.N., Izotova L.Yu., Togayev U.B., Abdukaxarov V.S.

1-Metilimidazol asosida ion suyukliklar sintezi va termografik taxlili

1-Metilimidazol asosida ion suyukliklar sintez qilindi. Moddalarning tuzilishi, tozaligi hamda termikbarqarorligi IQ-, PMR-spektroskopiya va termografik taxlil natijalari bilan tasdiqlandi.

 

POLIMER VA KOMPOZIT MATERIALLAR TEXNOLOGIYASI

 

Vohidova N.R., Kareva N.D., Rashidova S.Sh.

Bombyx mori xitozanining Co2+ va Cu2+ ionlari bilan suvlieritmalarda ozaro tasirlashuvi

Bombyx mori chitozaninig Co2+ Cu2+ ionlari bilan ta'sirlashuvi o'rganildi, kompleks hosil bo'lishining o'ziga xos imkoniyatlari tadqiq etildi. Sintezning optimal parametrlari aniqlandi. R (Me2+/) turli qiymatlarida chitosan metallokomplekslarining suvli eritmalarda barqarorligini korsatuvchi barqarorlik konstantalari hisoblandi.

 

Jurayev A.B., Alimuxamedov M.G., Magrupov F.A., Ayhodjaev B.B. Ikkilamchi polietilentereftalat alkogoliz sharoitini gidroksil saqlovsh poliefipoliollarni struktura va xossalariga ta'siri

Gidroksil saqlovchi poliefirpoliollarni fizik-kimyoviy xossalari alkogolis mahsulotidagi reaksiyaga kirishmagan va reaksiya natijasida ajralib chiqqan glikollarning miqdoriga bog'liqligi aniqlandi. Hosil bo'lgan gidroksil saqlovchi poliefirpoliollarni struktura va xossalari ikkilamchi polietilentereftalat:dietilenglikol nisbatiga va alkogolis vaqtiga bog'liqligi ko'rsatildi.

 

Ismailov .I., Ismailov R.I., Yakubov U.., Usmanov .. Payvand sopolimerlanish usulida selyulozani vinil monomerlarning elementsaqlagan birikmalar ishtorikida modifisirlash

Maqolada sellyulozaning payvand sopolimerlanishining vinil monomerlari (akril kislotasi, butilmetakrilat) bilan modifikatsiya usullari korib chiqilgan, shu bilan bir qatorda 2,4 va 2,5-toluilendiizotsianat va akril emulsiyalarining persulfat kaliy va bor kislotasi ishtirokida, shuningdek epixlorgidrin bilan dietilaminodufurilsilan asosidagi oligomer antipireni bilan. IQ-spektroskopiya usulida sellyulozaga modifikatorlarning payvandlanish darajalari aniqlangan. Sellyuloza asosidagi mato modifikatsiya jarayonida qiyin yonuvchanlik xossani sellyuloza-antipiren tarkibni boshqarish xisobiga namoyon qilishi aniqlangan.

 

Beknazarov H.S., Djalilov A.T.

SKI-3 va SKMS-30 ARKM-15 kauchuklari uchun termostabilizator-antioksidantlar sinergik aralashmasi

Oligomer tarkibli GAG, GAA, GATM, GEXG, PEPAT, EAT ingibitorlarning aralashmadagi sinergik xususiyatlari SKI-3 va SKMS-30 ARKM-15 kauchuklarida tadqiq qilingan. Anioksidantlatning birgalikdagi konsentratsiyasi 0,5 mol/kg olinganda tarkib-induksion davr egrisida maksimumga erishilgan, bunda GEXG-PEPAT aralashmasida 320 min. hamda GEXG-EAT aralashmasida 232, GAG-EAT aralashmasida esa 240 ekanligi aniqlangan.

 

Raximova L.S., Turabdjanov S.M. Kationalmashinuvchi polimerlar olish uchun polimer matritsasini hosil qilish

maqsadida difenil oksid va furfurolning polikondensatsiya reaksiyasini tadqiq etish

Polikondensatsiya reaksiyasining optimal sharoitlari organilgan va reaksiyaning aktivlanish energiyasi hisoblangan. Polimer strukturasi IQ-spektroskopik tadqiqotlarni qollab aniqlangan.

 

Allamuratov M.U., Muxamedgaliyev B.A.

Tuproqni qotiruvchi yangi polimer reagentlar va ularning xossalarini o'rgani

Eng zamonaviy tahlil usullarini qollab olingan polimerlarning tarkibi, tuzilishi va strukturasi aniqlangan, shuningdek ularni Orol dengizi hududidagi tuproq va qumlarni qotirish imkoniyatlari korsatilgan.qurigan Orol dengizi mintaqasidan keltirilgan tuproqning tarkibiga polimer eritmalarinin kiritish bilan uning filtratsuya tezligi ortishi dozasining proporsional tarzda ortishi aniqlangan, negaki polimer bilan ishlov berilgandan song tuproqning agregatlari turli kattaliklari hosil bolar ekan. Ishlab chiqilgan reagent nafaqat eroziyani kamaytiradi, balki qishloq hojalik ekinlarining hosildorligini kopayirishi aniqlangan.

 

JARAYONLAR, APPARATLAR, MODELLASHTIRISH

 

Fayzullayev N.I., Turbjonov S.M.

Metanni oksikondensatlash reaksiyasi reaktorini modellashtirish va maqbullashtirish

Tekshirishlar natijasida metanni oksikondensatlash jarayoni uchun yupqa qatlamli katalizatorda avtotermik rejimda ishlaydigan bir pog'onali adiabatik reaktor maqbul ekanligi aniqlandi. Oksikondensatlanish reaksiyasi tezligi quyidagi asosiy parametlarning ta'sirida o'rganildi: Harorat, katalizator zarrachasining o'lchami va gaz oqimining tezligi. Reaktorning konstruksion xarakteristikalari aniqlandi.

 

Aripdjanov O.Yu. Absorbsiya jarayoning sodalashtirilgan algaritm hisobi

Tabiiy gazlarni oltingugurt birikmalaridan kompozitsion absorbentlar yordamida tozalash jarayonida qo'llaniladigan absorber qurilmalarining unumdorligini oshirish va ularni tozalash sxemasini algoritmlash dasturlari o'rganilgan.

 

OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI VA BIOTEXNOLOGIYA

 

Xalilov R.M., Madraximov Sh.N., Mamatxanov A.U. Vexibia alopecuroides flavonoidlari asosida Flanorin vositasining substansiyasi va tabletkalarini olish texnologiyalari

Achchiqmiya o'simligining ildizlaridan olingan spirtli ekstraktni tozalash jarayonlari o'rganildi. Safro xaydovchi, jigarni himoyalovchi flanorin substansiyasi va tabletkalarini olish texnologiyalari, hamda tabletkalarining tarkibi ishlab chiqildi.

 

Xasanov A.X., Davranov K.D. Amilolitik va proteolitik fermentlarni paxta moyini tozalash jarao'niga ta'siri

Qora paxta moyi tarkibidagi uglevod va oqsillarga amilaza va proteinazani ta'siri o'rganildi. Xom paxta moyini neytral proteinaza bilan birgalikda α- va β-amilaza ishtirokida ishlov berish fermentative jarayonlarga ijobiy ta'sir etadi, oqsillarni va uglevodlarni gidrolizlanish darajasini oshiradi. Fermentativ ishlov berilgan paxta moyi oson rafinaciyalanishi, moy chiqimi oshishi va tayyor mahsulotni fizik-kimyoviy ko'rsatkichini yahshilanishi aniqlandi.

 

Xo'jamshukurov N.A., Mirzaeva D.A. Trichoderma zamburugining amaranthus turlari o'sish jarayoniga ta'siri

Amaranthus L. turkumiga mansub Amaranthus A.caudatus L., Amaranthus A.edulis L. , Amaranthus hypochondriacus L. turlarining laboratoriya va dala sharoitlarida namlab ekilganda unuvchanlik ko'rsatkichi bo'yicha qiyosiy o'rganildi. Shuningdek, amarantning ushbu turlarining unuvchanlik xususiyatiga Trichoderma zamburug'i ta'siri o'rganildi. Olingan natijalarga ko'ra namlab ekish hypochondriacus L. turi uchun juda samarali ekanligi aniqlandi. A.caudatus L. va A.edulis L. turlari esa A.hypochondriacus L. turiga nisbatan namlab ekishga munosabati past ekanligi kuzatildi.