CHEMISTRY AND CHEMICAL ENGINEERING

KIMYO VA KIMYO TEXNOLOGIYASI

NOORGANIK MODDALAR VA MATERIALLAR TEXNOLOGIYASI

 

Kabulova L.B., Xusnidinov A.M., Atakuziyev T.A.

Termik qayta ishlov berish natijasida tuffit jinslarining faolligini oshirish

Bu maqolada portlandsement sifatiga 600 0 da kuydirilgan tuffitning ta'siri 'rganilgan: erkin ohakga nisbatan uning faolligi oshadi va suvga b'lgan talabi kamayadi. 20-30% kuydirilgan tuffit jinsini portlandsementga q'shish orqali uning mustahkamligi va sulfatga chidamligi oshadi, sementning deformatsiya xossasi kamayadi. 600 0 da kuydirilgan tuffit asosida 28 kunlik qotish davrida tez qotadigan sulfatga chidamli yuqori mustahkamlikga ega q'shimchasiz portlandsement mustahkamligiga teng b'lgan putssolan portlandsement olish mumkinligi k'rsatilgan.

 

Allamuratova A.J., Erkaev A.U., Reymov A.M. Markaziy Qizilqum fosforitlarini nitrat kislotali qayta ishlash orqali olingan fosforli o'g'itlarning fazoviy tarkibini rentgenografik tadqiqoti

Markaziy Qizilqum fosforitlarini nitrat tuzlari bilan qayta ishlab, ularni nitrat kislotasi bilan parchalash va ammonizatsiyalash orqali olingan mahsulatlarninig fazaviy tarkibi rentgenografik usulda tadqiq qilingan. Azot-fosforli o'g'itlar tarkibi dikalsiyfosfat, parchalanmagan ftor- va gidroksilapatitdan, ammoniy va kalsiy nitratdan, fosforli o'g'itlar esa kalsiy fosfatlarning xar xil shakllaridan, parchalanmagan ftor- va gidroksilapatitdan, hamda ammoniy va kalsiy nitrat tuzlaridan tashkil topganligi aniqlangan.

 

Mkrtchyan R.V., Aripova M.X., Ruzibayev B.R. Pirofillit ososida keramika strukturasini xosil bo'lishi

Pirofillit va kaolinit asosida olingan keramikaning asosiy fazasi mullit va kristobalit ekanligi aniqlandi. Kristallarning o'lchami 200 nm dan oshmaydi

 

ORGANIK MODDALAR TEXNOLOGIYASI VA KIMYO

 

Kokhkharov A.M., Bakhramov S.A., Zakhidov E.A., Makhmanov U.K.

Eritmalarda C60 fullereni zol sintezi mexanizmlarI

Yorituvchi elektron mikroskopiya va atom-kuchli mikroskopiya metodlari yordamida 60-fullerenining toluoldagi eritmalarini tayyorlashning ikki har-xil - muvozonatli va kuchli muvozanatsiz usullarida eritmadagi C60 fullerenning organik zollarining strukturaviy va o'lchamli xususiyatlari tadqiq qilindi. Kuchli muvozanatsiz (mexanik rotator yordamida C60 eritmasini mexanik aralashtirish) usulda tayyorlangan eritmada fulleren molekulalaridan fraktal o'lchami D2.10.1 ga teng nanog'ovak strukturaga ega bo'lgan katta kvazisferik agregatlar (diametri ~400 nm gacha bo'lgan fulleren organizollari) sintezi ustun bo'lishi o'rnatildi. Muvozonatli usulda (eritmaga tashqi mexanik tasir qo'llamasdan) tayyorlangan eritmada esa 60-fullerenining diametri 50 nm dan oshmaydigan zich yig'ilgan monomolekulyar zollari hosil bo'lishi aniqlandi.

 

Mirxamitova D.X., Nurmonov S.E., Xudayberganova S.Z., Jurayev V.N., Teshaboyev B.E.

N-vinilmorfolin sintezi va jarayonning kinetikasi

Ishda morfolinni gomogen-katalitik usulda atmosfera bosimida atsetilen bilan vinillash reaksiyasi sistemali tadqiq qilingan. N-vinilmorfolin unumiga asosiy omillar ta'siri aniqlangan va optimallashtirilgan. Vinillash jarayoni kinetikasi o'rganilgan.

 

Baltabayev U.A., Jurayev A.D., Muhamedov I.M., Nosirova K.H.

Mochevina, tiomochevina, tiobiuret xosilalariga mikroorganizmlaarni in vitro sharoitida ta'sirini o'rganish

p-Xlor-,p-nitrobenzoilizotiotsianatlarni mochevina, tiomochevina va almashingan moche-vinalar bilan o'zaro ta'sirlashishidan mochevina, tiomochevina, tiobiuret, bis(aroil-tiokar-bamoil)-(tio)mochevinalarni tegishli hosilalari olindi. Olingan moddalar bilan nitrozolash reaksiyasi o'tkazildi, natijada ushbu moddalarni N,N1-dinitrozo-hosilalari sintez qilindi. Birikmalarning N,N1- dinitrozohosilalarini antibakterial faolligi o'rganildi.

 

Mengliev Sh.Sh., Narmetova G.R.

Past oktanli benzinni sifatini yaxshilash uchun oksigen qo'shimchalarni qo'llash va ularni miqdorini oshirish

Ekologik va ekspluatatsion xossalarini yaxshilash uchun tarkibi benzinetanol aralashmasidan tashkil topgan, spirt sanoatining ko'p miqdordagi qoldig'i bo'lgan sivush moyi qo'shilganda yuqori oktanli oksigenat yoqilg'i kompozitsiyasi ishlab chiqildi.

 

POLIMER VA KOMPOZIT MATERIALLAR TEXNOLOGIYASI

 

Mirzaev U.. N-metilolakrilamid bilan N-vinillaktamlarning sopolimerlanish kinetikasini o'rganish

Maqolada N-metiloakrilamid bilan N-vinillaktamlarning radikal sopolimerlanishini natijalari keltirilgan. Sopolimerlanish reaksiyasining kinetik parametrlari aniqlangan. Sopolimerlanish jarayoniga haroratning, monomer va initsiatorlarning konsentratsiyasini ta'siri o'rganilgan.

 

Pulatov H.L., Turabjanov S.M. Polikondensatsion turdagi yangi sulfokationitlar sintez qilish

Stirol-furfurol polimerini sulfirlash yo'li yangi monofunksional sulfokationit sintez qilindi. Olingan sulfokationitning asosiy fizik-kimyoviy va sorbsion xossalari tadqiq qilindi.

 

Yarkulov A.Y., Umarov B.S., Mavlyanov S.A., Yunusov M.Y., Akbarov K.I.

Sellyuloza efirlarining turli erituvchilardagi termodinamik xossalari

Suv va benzol bug'i bilan olingan izotermalar asosida polimer-erituvchi ta'sirlashish Flori-Xaggins parametri, aralashishning o'rtacha erkin energiyasi va Gibbs energiyasini qiymati hisoblangan. Polimolekulyar adsorbsiya nazariyasi asosida sellyuloza efirlarining suv sirti va benzol bilan kapillyarg'ovak tuzilishlari aniqlandi.

 

Gaibnazarov S.B., Aliyev B.A.

Sanoat chiqindisi asosida burg'ilash eritmasini barqarorlashtiruvchi va filtratsiyasini kamaytiruvchi reagent

Yog'och va selluloza-qog'oz sanoati chiqindisi asosida yangi burg'ulash eritmasining barqarorligini oshiruvchi va filtratsiyasini kamaytiruvchi reagent sintezi va amalyi hossalari o'rganilgan. Olingan reagentlar sanoatda keng qo'llaniladigan kimyoviy reagentlardan afzalligi aniqlangan.

 

Fayzullayev N.I., Turabdjanov S.M.

Metanni katalitik aromatlash reaksiyasi katalizatorini regenerasiya qilishning ilmiy-amaliy asosi

Ishda metanni katalitik aromatlash reaksiyasi katalizatorini regeneratsiya qilishning ilmiy-amaliy asosi qarab chiqilgan. Katalizatorning kislotaligi USGA-101 analizatorida fizik-kimyoviy xarakteristikalari BET va BJH metodlarida tekstur xarakteristikalari ASAP-2010 M priborida amalga oshirilgan. Katalizator zarrachalarining kokslanishining regeneratsiyasi matematik modeli yaratilgan. Namunalar tarkibi rentgenofazali usulda o'rganilgan.

 

Barxanadjyan A.L., Vafayev O.Sh., Xakimov R.M., Karpushkin S.I., Abdullin S. R.

Dizel yonilg'isining past haroratdagi xossalariga yangi depressor qo'shimchasining samaradorligini tadqiqi

Maqolada depressor qoshilmasining kimyoviy xossalari va miqdorini dizel yonilgisining qotish xaroratiga tasiri organilgan. Yonilgining qotish xaroratini 25-27 0 gacha tushirish ychun depressor qoshilmaning optimal miqdori organilgan.

 

Kadirov X.E., Poyonov Sh.T.

Mineral tuz to'planishiga qarshi IOMC-eksra-2-1ingibitorlarning sintez texnologiyasi

Oksietilendifosfon kislota sinkati va uning asosidagi monoetanolamin (yoki monoetanolaminni vakuumda xaydash kub qoldig'i) qo'shilib kompozitsiya - mineral tuz to'planishiga qarshi ingibitorlarIOMC-ekstra-2-1 ishlab chiqarish texnologiyasi taklif etilgan. Olingan ingibitirlarning tajriba sinov namunasi Toshkent shahridagi bug' qozonlarida sinalib, samaradorligi 90% dan kam emasligi aniqlandi.

 

JARAYONLAR, APPARATLAR, MODELLASHTIRISH

 

Raxmatkariev G.U., Raxmatkarieva F.G.

CaA sintetik seolitida metilmerkaptan adsorbsiyasining keng interval muvozanat bosimi va temperaturasi

CaA seolitda CH3SH adsorbsiyasi izotermalarini o'rganish 0, 25, 60 va 100 0C haroratda hajmiy metodda olib borildi. CaA seolitida C3S adsorbsiyasi izosterik issiqligi va entropiyasi hisoblandi. CaA seolitida C3S adsorbsiyasi mexanizmi aniqlandi. Adsorbsiya izotermalarining barchasi bir ikki va uch hadli MHTN tenglamasida tavsiflandi.

 

Soddikov F.B., Usmanov I.I, Nabiev A.A., Mirzakulov K.Ch, Melikulova G.E.

Tyubagatan past navli silvinitidan to'yingan eritma olish jarayoni tadqiqoti

Tyubegatan koni past navli silvinitlarining kimyoviy va fraksion tarkibi natijalari, to'yingan suvli eritmalar olish, eritish, suspenziyani tindirish va filtrlash jarayonlarining optimal texnologik parametrlari aniqlangan, suyuq fazaning tarkibi keltirilgan.

 

Jumayeva D.J., Eshmetov I.D., Guro V.P., Mutalov Sh.A., Shamsiyev Sh.D.

Neftgaz sohasidagi sanoat suvlarini import o'rinbosar ko'mir adsorbentlari yordamida tozalash

Gazlineftqazibchiqarish UShK AJ sanoat oqava suvlarini noorganik qo'shimcha ionlaridan tozalashda va yumshatishda mahalliy boysun toshko'miri asosida olingan ko'mirga ishqoriy er metallari qo'shilishi natijasida kompozitsiya hosil qilib olingan, shuningdek, sanoat chiqindi suvlari yuza sathini neft mahsulotlaridan tozalash uchun gidrofobik xususiyatga ega (S=150 2/), 550 da termik qayta ishlangan adsorbentlar olindi.

 

OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI VA BIOTEXNOLOGIYA

 

Inoyatova X.B. axta shrotini M himalis zamburug'i va achitqilar Rhodotorula pilmanae bilan ishlov berilgandan keyngi kimyoviy tarkibini kompleks tekshirish

r himalis F-312 mog'or zamburug'i va karotinsintz qiluvchi achitqilar Rhodotorula pilmanae -33 yordamida biokonvrtsiya yo'li bilan olingan oqsil-vitaminli mdagi oqsil, aminokislotalarning miqdor, sifat tarkibi, hamda yog' va yog' kislotalarning miqdor, sifat tarkibi o'rganildi.