CHEMISTRY AND CHEMICAL ENGINEERING

KIMYO VA KIMYO TEXNOLOGIYASI

NOORGANIK MODDALAR VA MATERIALLAR TEXNOLOGIYASI

 

Turdiyev J.Sh., Bobokulov S.X., Baxronov X.N., Nebesniy A.A., Shevchenko V.P.

Katta va kichik quyosh pechlarida (Parkent, Ozbekiston) quyosh energiyasidan foydalanib oksid materiallarni sintez qilish texnologiyasini ishlab chiqish

Oksid materiallarni a'lternativ energiya manba'i sifatida olish texnologiyasini yaratish uchun quyosh nurlaridan foydalanish imkoniyatlari ko'rsatilgan. Quyosh pechida murakkab tarkibli materiallarni sintez qilish jarayonining texnologik parametrlariga ta'sir ko'rsatuvchi, materiallar xossasi va quyosh qurilmasining asosiy parametrlari aniqlandi. Quyosh pechida sintez qilingan titanat alyuminiy, mullit, ZrO2-Al2O3 larning xossalari ko'rsatildi.

 

Abduraxmanov I.E., Kabulov B.J.

Ammiakni aniqlovchi yarimo'tkazg'ichli sensor uchun selektiv katalizator yaratish

Yonuvchi moddalarning turli katalizator ishtirokida oksidlanish jarayoni qonuniyatlari o'rganildi. O'tkazilgan tadqiqotlar natijalaridan 10Fe2O3 + 90TiO2 tarkibli binary metal oksidlaridan iborat katalizator ammiakni vodorod va uglerod oksidi ishtirokida oksidlanish jarayonining selektivligini ta'minlashi aniqlangan.

 

Iskenderov A.M., Begdullaev A.K., Erkaev A.U., Toirov Z.K.

Past navli osh tuzi tozalashning ayrim muommmalari

Kalsinatsiyalangan soda ishlab chiqarish uchun Barsakelmes koni past navli osh tuzini tayyorlashni texnik-iqtisodiy ko'rsatgichlarining mukammal hisobi amalga oshirilgan.Tuzdan loysimon qo'shimchalar chiqarishning optimal parametrlari eksperimental usuli bilan aniqlangan. Buning hisobiga tarkibida natriy xloridning miqdori 92,8 dan 97,0-99,0% gacha oshirilishi ta'minlanmoqda.

 

Mkrtchyan R.V., Aripova M.X., Dosmuxamedov T.V.

Sanoat chiqindilari va tabiiy homashiyo asosida shisha olish imkoniyati

Tarkibida sanoat chiqindilar va tabiiy notanqis homa'shiyo sistemalarida shisha hosil bo'lish maydoni va erish harorati aniqlandi.

 

ORGANIK MODDALAR TEXNOLOGIYASI VA KIMYO

 

Olimova M.I., Muxamedov N.S., Elmuradov B.J.

β-N-Benzoksazolinon-2-il propion kislota efirlarining sintezi va ularning ayrim modifikasiyasi

Maqolada kislotali katalizatorlar ishtirokida β-N-benzoksazolinon-2-il propion kislotalarini eterifikasiyasi amalga oshirilgan va tegishli etil efirlar yaxshi unumlar bilan olingan. Sintez qilingan murakkab efirlar gidrazingidrat bilan ta'sirlashganda gidrazidlar, bular esa aromatik aldegidlar ta'sirida osongina tegishli gidrazonlarga aylanadi.

 

Jurayev A.D., Baltabayev U.A., Oripov S.A., Kimsanov H.H.

Azot saqlovchi 5 azoli geteroaromatik sistemalarni sintezi va elektron tuzilishi

Kvant-kimyoviy hisoblashlar asosida triazol va pirazol sistemalarni nozik electron tuzilishi aniqlandi. O'rganilayotgan geterohalqalarni tuzilishi, konformasiyakariga tegishli savollar tahlil qilindi, ular tuzilishini ancha barqaror shakllari aniqlandi.

 

Islomova Yu.O.,Maksumova O.S. N-atsetilkarbazol sintezi

Karbazolni FeCl3 katalizatori ishtirokida atsetilxlorid bilan atsillash reaksiyasi natijasida Natsetilkarbazol hosil bo'lishi aniqlandi. N-atsetilkarbazolning tuzilishi IQ- va YAMR1N-spekrlari yordamida tasdiqlandi.

 

Ibodulloyeva M.I., zizov .., Ibragimova .R., Samidjonova .V., Igamberdiyeva N.B.

Nikel (II) va mis (II) nikotinatlarining atsetamid bilan koordinatsion birikmalari

Nikel (II) va mis (II) nikotinatlarining atsetamid bilan koordinatsion birikmalari sintez qilingan. Olingan komplekslarning tarkibi, individualligi, atsetamid molekulasini, uning nikotinat fragmentlarini koordinatsiyalanish usullari aniqlangan va termik xususiyatlari o'rganilgan.

 

POLIMER VA KOMPOZIT MATERIALLAR TEXNOLOGIYASI

 

Raxmanberdiyev R.G., Xusenov A.Sh., Malikova M.X., Muxamedov I.M.

pinambur (Helianthus Tuberosus L.) uganagi asosida setat inulin

It is exposed in the paper that for the first time the inulin ester - inulin acetate has been obtained by the etherification of inulin with acetic anhydride. The obtained product has been investigated by methods of the elementary analysis and IR - spectroscopy. Sensitivity of microbes to inulin acetate has been studied.

 

Sotimov G.B., Mamatxanova M.A., Vinogradova V.N., Kotenko L.D., Mamatxanov A.U.

Thermopsis 1terniflora osimligini er ustki qismidan sitizin va flateron olish texnologiyasini ishlab chiqish

Thermopsis alterniflora osimligini er ustki qismidan sitizin alkaloidini va flavonoidlar summasidan iborat flateron substansiyalarini olishni iqtisodiy samarador texnologiyasini ishlab chiqish maqsadida, biz bu ikkala sinf birikmalarini birgalikda ekstraksiya qilishni hamda choktirish usulida moddalarni ajratishni va qayta kristallash orqali ajratib olishni amalga oshirdik. Yuqori tozalikka ega mahsulotlarni olishda alkaloidlar va flavonoidlarni tozalashni ananaviy usullaridan foydalanildi.

 

Ahrarov B.B., Sayfutdinov R.S., Muhamedgaliev B.A.

Otdan himoyalangan yogoch materiallarining yonish rejimini organish

Maqolada ayrim kimyoviy olovbardoshlikning mexanizmlari, modifikatsiyalangan namunalarning termik parchalanishini kinetic qonuniyatlari aniqlangan. Tadqiqotlar natijasida polimer antipirenlarning past molekulali analoglariga nisbatan avzalliklari aniqlangan.

 

Mukkaramov N.I., Xodjaniyazov X.U., Shaxidoyatov X.M.

Nikotin va alkaloidlar yigindisi tasirida xlororganik pestitsidlarni detoksikatsiyasi

Tamaki chiqindisidan alkaloidlar yig'indisi ajratildi. Chlororganik pestitsidlarga (DDT, GKHTSG va TTBKH) individual holdagi nikotin va alkaloidlar yig'indisining ta'siri o'rganildi. Reaksion aralashmadagi DDT va uning metabolitlarini VETSX, GSX va xromato-mass-spektrometriya yordamida sifat va miqdoriy analiz qilish usullari ishlab chiqildi.

 

JARAYONLAR, APPARATLAR, MODELLASHTIRISH

 

Abdullayeva S.Sh., Nurmuhamedov H.S., Nurillayeva A.A., Babayev Z.K.

Deformatsiyalanuvchi materiallarni tozalashda qisman quritish muammosiga doir

Qand lavlagini bosimni bir zumda tushirish usulida tozalash jarayonida uni qisman quritilishi boyicha eksperimentalnatijalar keltirilgan. Ma'lumotlar tahlili shuni korsatdiki, homashyoning boshlang'ich namligi qanchalik yuqori bo'lsa, qisman quritish jarayoni 1.3 barobargacha intensive kechadi. Ikkita jarayonni bitta qurilmada o'tkazish dolzarb va samarali yo'nalish ekanligi ko'rsatilgan.

 

Turaev T.B., Mengliev Sh.Sh., Igamkulova N.A., Bozorovalarning G.T.

Tabiiy gazni tozalashdagi dietanolamin eritmasining degradatsiyasi

Tabiiy gazni tozalashda ishlatilgan dietanolamin eritmasini degradatsiyaga uchrash sabablari o'rganildi. Gaz tozalash samaradorligini oshirish uchun to'yingan va regeneratsiya bo'lmayotgan dietanolamin eritmasini issliqlikka chidamli tuzlardan, aminakislotalardan, bitsinlardan va mexanik aralashmalardan tozalash kerakligi aniqlandi.

 

OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI VA BIOTEXNOLOGIYA

 

Raximova Sh.X., Mejlumyan L.G., Sagdullayev Sh.Sh.

Papaya lateksidan sistein proteinazalarni ajratib olishda yangi texnologik jarayon yaratish

Ultratovush uslubi yordamida papaya lateksining suspenziyasiga ekstraksiya jarayoning davomiyligi, chastota ta'siri va jadalligi o'rganildi. Laboratoriya sharoitida Kukumazim preparati substansiyasini original Ultratovush hamda an'anaviy magnit meshalka uslublari yordamida ekstraksiya jarayoni olib borilib, natijada solishtirma tahlillar aniqlandi. Ultratovush uslubi yordamida ekstraksiya jarayoni 15 daqiqa davom ettirilganda substansiyasining chiqishi an'anaviy magnit meshalkaga nisbatan 7% ga ko'tarilib, bunda substansiyasining proteolitik faolligiga ultratovush uslubining nurlanish chastotasi ta'siri o'zgarishsizligi aniqlandi.

 

Shakirzyanova G.S., Nizamov D.B., Babaev B.N., Eshimbetov A.G., Tursunhodjaev P.M.

Omborxona sharoitida guruch va ombor uzunburunlari feromoni monitoringi

Toshkent va Chinoz tumanidagi don omborxonalarida guruch va ombor uzunburunlari agregatsion feromoni sinab ko'rildi. Feromonning yuqori konsentratsiyasi repellent ta'sirga egaligi ko'rsatib berildi. Feromonning uzunburunlarni o'ziga kuchli jalb etuvchi konsentratsiyalari oralig'i aniqlandi. Zahira zararkunandalariga qarshi kurash maqsadida mikroto'lqinli uskunani qo'llash ham ijobiy natija berdi.

 

Djuraeva N.R., Isabaev I.B., Atamuratova T.I.

Termik ishlov berishning emulsion yog-unli kompozit aralashmalar biotsenoziga tasiri

Emulsion yog'-unli aralashmalarni saqlashda ular tarkibiga kiritilgan bug'doy murtak unining dastlabki pasterizatsiyasi ta'siri o'rganilgan. Bunday termik ishlovdan o'tmagan yog'-unli aralashmalarning nazorat namunalari 51C harorat ostida saqlanganda 15 sutkadan keyin Sanitar qoidalar va me'yorlar talablariga javob bermay qolishi, termik ishlov jarayonidan o'tkazilgan tajriba namunalari esa 45 sutkagacha yaxshi saqlanishi aniqlangan.

 

Bobaev I.D., Xujamshukurov N.A., Abdullaev X.O., Ram N.Sh.

Steroidlar yigmasi va minerallar aralashmasining chlorell vulgaris sp2 ozuqa muhitining tasiri

Tadqiqotda Chlorella vulgaris sp2 suvo'tini o'stirishda ozuqa muhiti sifatida steroidlar yig'masi va minerallar (NaCl, KNO3, NH4Cl) aralashmasidan ma'lum konsentratsiyalarda foydalanib, biomassaning ko'payish tezligi o'rganildi. Suvo'tining ozuqa muhitiga steroidlar yig'masi 50 mg/l va minerallar (NaCl, KNO3, NH4Cl) aralashmasi 300 mg/l qo'shib o'stirilganda biomassa hosil tezligi ortib, undagi minerallari ham o'zgaradi.