CHEMISTRY AND CHEMICAL ENGINEERING |
KIMYO VA KIMYO TEXNOLOGIYASI |
NOORGANIK MODDALAR VA MATERIALLAR TEXNOLOGIYASI
Matkarimov Z.T., Aripova M.X., Mkrtchyan R.V. O'zbekiston mineral xomashyosi asosidagi sirt koshinlari uchun sir qoplamalarini ishlab chiqish O'zbekistonda keng tarqalgan xomashyo asosidagi sirt koshinlari uchun sir qoplamalar ishlab chiqildi, keramik sirt koshinlarining yuqori sifat ko'rsatgichlarini ta'minlovchi struktura va xossalari tadqiq qilindi.
Kadirova D.S., Maksudova N.A., Giyasova F. T. Kalsiy ortofosfatlari, shpinellar hamda o'tuvchi elementlar asosida keramik pigmentlarni spektroskopik tadqiqi Kalsiy ortofosfastlari hamda shpinellar hosilalari asosida, tabiiy xom ashyolar, Sho'rtangaz kimyo majmuasi sanoat chiqindilari hamda o'tuvchi elementlar oksidlari asosida issiqlikga va kimyoviy muhidga chidamli keramik pigmentlarni spektroskopik tadqiqi utkazilgan.
Shamshidinov I. T., Mirzakulov X. Ch., Mamajanov Z. N. Qoratog' fosforitlaridan qo‘shaloq superfosfat turidagi o'g'itlar olish jarayonini o‘rganish Maqolada yuqori magniyli Qoratog' fosforitlaridan olingan EFKni ammoniy nitrat ishtirokida 35-40% gacha bug'latilgan, unda fosforitlarni parchalash orqali tarkibida azot, fosfor va kalsiy bo'lgan o'g'itlar olish bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan. Bunday usulda olingan kislota ammoniy nitrat qo'shilmagan kislotaga nisbatan quyi qovushqoqlikni namoyon etadi, oquvchan va anchagina faol bo'ladi. Mahsulot tarkibida P2O5erkin minimal darajada bo'lgan parchalanish jarayoninig optimal texnologik parametri aniqlandi.
ORGANIK MODDALAR TEXNOLOGIYASI VA KIMYO
Ibragimov A.A., Maxsumov A.G., Isaev A.N. 6I-(4-metilfeniL)-azo-4I-sulfo-timol-1I-karbamat ning sintez hosilalarini va hosil bo‘lish mexanizmi Maqolada 6I-(4-metilfenil)-azo-4I-sulfo-timol-karbamat ning hosilalarini olinishi texnologiyasi keltiriladi, fenilizotsianat bilan 6I-(4-metilfenil)-azo-4I-sulfo-timol-1I ni DMFA va katalizator trietilamin asos ishtirokida xona temperaturasida olib borilishi hamda taxminiy hosil bo‘lish mexanizmi va kimyoviy xossalari keltiriladi.
Ikramov A., Xalikova S.Dg., Musulmanov N.X., Kadirov X.I., Xandamov D.A. Atcetilen, dimetilketon va ammiakdan piridin asoslarining geterogen-katalitik sintezi Piridin asoslari asetilen, dimetilketon va ammiak asosida sintez qilingan. Katalizatorlar sifatida rux, xrom va alyuminiy oksidlari hamda rux va alyuminiy ftorid asosidagi katalizatorlar sinab ko'rilgan. Jarayonga katalizator tabiati temperatura, asetilen va dimetilketonning nisbati o'rganilgan. Rux, xrom va alyuminiy oksidlari asosidagi katalizatorlari jarayon uchun muqobil ekanligi aniqlangan.
Raõmanberdiyev R.G., Õusenov A.Sh., Raõimov D.A., Malikova M.Õ. Inulin va uning poliform shakllarini olish jarayoning jadallashtirish Tapinambur tuganagidan inulin va uning polimorf shakllrini olish jarayonini jadallashtirishni o’rganildi. Inulin olishda haroratni df vaqtni ta]siri aniqlandi. Olingan inulinni IQ-, 13C YMR spektroskopiya usullari yordamida o’rganildi. Inulin namunalarini rentgenografi va mikroskop usulida taxlili o’qazildi.
POLIMER VA KOMPOZIT MATERIALLAR TEXNOLOGIYASI
Jurayev A.B., Sayitov B.U., Magrupov F.A., Alimuhamedov M.G., Nizamov T.A. Ikkilamchi polietilentereftalat alkogoliz mahsulotlari asosida ko‘pik poliuretanlar olish Ikkilamchi polietilentereftalatni alkogoliz sharoitlari tadqiq qilindi. Reaksiya davomiyligi va destruksiyalovchi birikmalar miqdorining alkogoliz mahsulotlari fizik-kimyoviy hossalariga ta'siri o'rganildi. Sintez qilingan birikmalarni sifatli ko'pik poliuretanlar olishda gidroksilsaqlovchi poliollar sifatida qo‘llanilishi mumkinligi ko'rsatildi.
Kudyshkin V.O., Abrarova Z.M., Ivanova E.K., Rashidova S.Sh. Akril monomerlari asosidagi superabsorbentlar Mazkur ishda qator akril monomerlari asosida suvda bo'kuvchan superabsorbentlar olish masalasining hozirgi kundagi holati ko'rib chiqilgan. Akril kislotasi va uning hosilalarining gomo va sopolimerlari sintezinig asosiy usullari va homashyo zahiralari haqida ma'lumotlar keltirilgan. Navoiyazot OAJ da ishlab chiqarilgan akrilonitrilni xom ashyo sifatda qo'llagan holda akrilonitril va uning asosida polimerlar olish imkoniyatlari ko'rsatildgan.
Yusupov S.K., Yusupov F.M., Bekturdiev G’.M., Hakimova G.R., Latipova I.I. Mahalliy xomashyolar asosida deemulgatorlar sintezi Mahalliy ishlab chiqarish yarim mahsulotlari glitserin va geksametilentetraamin (GMTA) asosida import o'rnini bosuvchi deemulgatorlar olinishi va uni mahalliy neftlarni suvsizlantirish va tuzsizlantirish jarayonida samarali ishlatilishi to'g'risida ma'lumot keltirilgan.
Ayxojayev B.B., Turayev E.R. Polipropilen sopolimerlarining fizik-mexanik xususiyatlarini o’rganish Har xil turdagi polipropilen sopolimerlarining mustahkamlik, issiqlik fizik va reologik xususiyatlarini o'rganish natijasida bir birini almashtiruvchi polipropilen sopolimerlerini oquvchanlik ko'rsatgichi asosida tanlash mumkin.
Gaibnazarov S.B. Yangi burg'ilash eritmalarini barqarorlashtiruvchining fizik-kimyoviy va makromolekulyar xarakteristikalari Maqolada sanoat chiqindilari asosida olingan burg'ilash eritmalarini barqarorlashtiruvchi sopolimerlarining tuzilishi va strukturasini o'rganishda olingan natijalar keltirilgan. Burg'ilash eritmalari quduq kesimining geologik tuzilishi, qatlam suvlarining minerallashganligiga qarab aniq reologik, fizikkimyoviy va texnologik xossalarga, hamda agressiv flyuidlar ta'siriga chidamli bo'lishi kerakligi ko'rsatilgan. Bunda burg'ilash eritmalarining amaliy xossalariga ularda ishlatilayotgan polimerlarning fizik-kimyoviy va makromolekulyar xarakteristikalariga ko'p jihatda bog'liqligi aniqlangan. Sopolimerlarning molekulyar massasi, makromolekulyar xossalari aniqlangan. Suyultirilgan sopolimerlarning suvli eritmalarini o'rganish orqali, individual makromolekulalarning kattaligi, tuzilishi va xossalarini aniqlash imkonini bergan.
JARAYONLAR, APPARATLAR, MODELLASHTIRISH
Xudoyberdiyeva N.Sh., Zakirov S.G., Baxronov X.Sh., Tuyboyev O.V., Suyarova X.X. Mavhum qaynash qatlamini qo'llab bug'latish apparatida issiqlik almashinishni jadallashtirish Donador material mavhum qaynashi sharoitida qaynashdagi issiqlik almashinish jadalligi, qattiq zarrachalari bo'lmagan uskunaga nisbatan juda yuqori ekanligi o'rnatilgan. Issiqlik almashinish jadalligi darajasiga issiqlik oqimi zichligi, sirkulyatsiya tezligi, mavhum qaynash qatlami g'ovakligi va qattiq zarrachalar o'lchamlarining ta'siri ko'rsatilgan.
Sarbolayev F.N., Xamidov B.T., Djurayev X.F. Tezkor siljishda donador muxit xolat tenglamasini prognoztik xossalari tadqiqoti Tezkor gravitatsion oqimda donador muhit xolat tenglamasini prognoztik xossalari bosim, dilatansiya va siljish tezligi o'rtasida o'rnatiluvchi o'zaro aloqa tadqiqoti natijalari keltirilgan. Tenglamada o'zaro aloqa koeffitsienti material xossasi va nishablik burchagini muhim farqlarida chegaralangan oraliqda o'zgaradi. Shu bilan birgalikda gravitatsion nishablikda o'zaro aloqa koeffitsientini nisbiy balandlikka jiddiy bog'liqligi aniqlandi.
Abdullayev A.Sh., Abdurahimova A.U., Nurmuhamedov H.S., Nurimbetov B.Ch., Temirov O.Sh. Topinamburni mayin maydalash muammosiga doir Deformatsiyalanuvchi qattiq jismlarni, chunonchi topinamburni, tezkor usulda mayin maydalash ma'lumotlari keltirilgan. Qurilma o'qining aylanishlar soni va unda sterjenlarni joylashtirish qadamini kamaytirish maydalash darajasining qiymatlarini 1.5 marotabagacha ortishiga olib keladi. Tajriba ma'lumotlari umumlashtirilgan va maydalash darajasini hisoblash formulasi keltirib chiqarilgan. Formula xatoligi ±7.5%.
MODDALAR ANALIZI
Maxmudov M.J., Xalilov A.X., Hayitov R.R., Narmetova G.R. AI-80 avtomobil benzinining yengil fraksiyalarida benzol miqdorini aniqlash Mahalliy benzin AI-80 tarkibidagi benzol miqdorini aniqlash maqsadida, benzinning engil fraktsiyalari ajratib olindi. Har bir fraktsiya tarkibidagi benzol miqdori gaz-suyuqlik xromatografiyada aniqlandi.
Islomova S.T. Klassifikasion belgili avtomobil bo'yoqlarining kimyoviy tarkibi va tuzilishining o’zaro bog’liqligi Avtomobil bo'yoqlarining kimyoviy tarkibi va tuzilishi asosida O'zbekiston Respublikasi Tovar nomenklaturasiga ko'ra yangi kod raqamlari taklif qilindi. Olingan natijalar tovarlarni to'g'ri deklaratsiya qilish uchun muhimdir.
OZIQ-OVQAT TEXNOLOGIYASI
Akramova R.R., Abdurahimov S.A., Uynusov O.K. Maxsar moyini gidrataciya hamda ishqoriy neytralizaciyalash jarayonlarini jadallashtirishda mehanik kimyoviy aktivlashtirishda ahamiyatini baholash Tadqiqotda maxsar moyini MKA ishtirokida omihta limon kislota eritmasi hamda silikat natriy eritmalari bilan birgalikda gidrataciya va ishqoriy neytralizatsiya jarayonlarini jadallashtirisda bergan samarali ko'rsatkichlar natijalari o'rganilgan.
Sulaymanova G.Kh., Majidov K.Kh., Raximova M.N. Margarinli emulsiyani va asosidagi maxsulotlarni fizik-mexanik xossalarini optimallashtirish Emulsiyani fizik-mexanik xossalarini va kritik texnologik sharoitlarini o’ta sovutish jarayoniga ta’sirida maqsadli izlanishlar amalgam oshirildi. Izlanishlarni amalgam oshirish uchun qurilma joriy etildi. O’ta sovutish jarayonini optimallashtirish uchun ta’sir etuvchilar sifatida - Õ1 emulsiyaning barqarorligi (%-da ajratilgan yog’), Õ2- sovutish manbaining harorati (-îÑ), va o’ta sovutish jarayonidagi emulsiyani saqlash davomati Õ3 (s) qabul qilindi. |